Ruhiy salomatlik – zamon sinovlariga bardosh kaliti / YUSUFALIYEVA MUSHTARIYBEGIM QOSIM QIZI

Psixologiya yo‘lini tanlagan irodali qiz | Shoira | Ijtimoiy ruhiyatni o‘rganishga bag‘ishlangan yosh yetakchi
Yusufaliyeva Mushtariybegim Qosim qizi
Ruhiy salomatlik – zamon sinovlariga bardosh kaliti
Bugungi shiddatli hayotda inson tanasidan ko‘ra, uning ruhiyati ko‘proq charchaydi. Stress, tashvish, yolg‘izlik va raqamli bosim – bularning barchasi ruhiy salomatlikni sinovdan o‘tkazmoqda. Ammo ruhiy sog‘lom inson – bu bardoshli, ijtimoiy faol va o‘z hayotining boshqaruvchisidir.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ruhiy salomatlik faqat kasallik yo‘qligi emas, balki insonning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarib, hayotdan qoniqish hosil qila bilishidir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham buni “insonning stressni yengish va jamiyatda samarali faoliyat yuritish qobiliyati” sifatida izohlaydi.

Psixologik yordam bu yo‘lda asosiy tayanchdir. U profilaktika, maslahat, psixokorreksiya va terapiya orqali inson ruhiyatini mustahkamlaydi. Masalan, art-terapiya, kognitiv-behavioral terapiya yoki oilaviy maslahatlar yordamida inson o‘z his-tuyg‘ularini boshqarishni, muammolarni yechishni o‘rganadi.

Bugun esa texnologiyalar bu jarayonga yangi imkoniyatlar olib kirdi: onlayn psixoterapiya, sun’iy intellekt yordamidagi maslahat tizimlari va virtual reallik asosidagi treninglar ruhiy yordamni yanada qulay va tezkor qilmoqda. Ammo eng muhim omil hanuz shaxsiy muloqot, empatiya va insoniy mehrdir.

Ruhiy salomatlik – bu faqat shaxsiy masala emas. U butun jamiyatning barqarorligi, taraqqiyoti va baxti uchun zarur poydevordir. Chunki sog‘lom ruh – sog‘lom jamiyatning yuragidir.
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash tizimi takomillashmoqda / MUHAMMADIYEV DILSHODBEK ISMOILOVICH

Yuridik fakultet talabasi | “Millat umidi” va “Yuksak xizmatlari uchun” nishonlari sohibi | Kelajakda prokuror bo‘lishni maqsad qilgan yosh huquqshunos
MUHAMMADIYEV DILSHODBEK ISMOILOVICH
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash tizimi takomillashmoqda
Yuridik soha zamon talabiga moslashmasa, qonun ustuvorligini ta’minlash qiyinlashadi. Hozirgi kunda globallashuv va texnologik o‘zgarishlar yuridik mutaxassislarning nafaqat nazariy, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishini talab qilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, yuridik kadrlarni qayta tayyorlashda modular va interaktiv ta’lim dasturlari, virtual sud simulyatsiyalari va onlayn kurslar samarali natija beradi. Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish orqali malaka oshirish tez va keng qamrovli bo‘ladi.

Shuningdek, xalqaro tajriba almashinuvi, xorijiy kurslar va ekspertlar bilan hamkorlik kadrlarning professional darajasini oshirishga xizmat qiladi.Ixtisoslashgan treninglar — tijorat huquqi, soliq va inson huquqlari kabi yo‘nalishlarda amaliy tayyorgarlikni kuchaytiradi.
Tizim samaradorligini ta’minlash uchun kurslar natijalarini baholash, ish faoliyatini monitoring qilish va zamonaviy moddiy-texnik ta’minot zarur. Davlat tomonidan grantlar ajratish va qonuniy bazani mustahkamlash esa jarayonni barqarorlashtiradi.

Xulosa: yuridik ta’limni modernizatsiya qilish — bu nafaqat kadrlarning bilimini oshirish, balki mamlakatdagi huquqiy madaniyat va qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi strategik qadamdir.
ISHONCH QAYTADI / LAZIZ BAXROM

qat’iyat va shijoat yo‘lida ulg‘ayayotgan yosh lider
SAYFULLAYEV LAZIZBEK BAXROMOVICH
ISHONCH QAYTADI | LAZIZ BAXROM
Ishonch — bu tuyg‘u odamda bir marta bo‘ladi.
Go‘yo umrdek. Axir inson hayoti ham bir marta beriladi. Menimcha, chin ishonchni inson umriga taqqoslash mumkin — ikkalasi ham qaytarilmaydi. Ishonchni bir shisha idishga o‘xshatish mumkin. Chunki shisha idish bir marta sinsa, uni qayta avvalgiday holatga keltirib bo‘lmaydi. Har qancha urinsangiz ham, uning sinig‘i, yorig‘i, izi qoladi. Yoki uni bir parcha qog‘ozga qiyos qilsak ham bo‘ladi: qog‘oz yirtilsa, yelimlab qo‘yish mumkin, lekin izlari baribir ko‘rinib turadi. Shuning uchun ishonch ham shunday — bir yirtilsa, bir sinsa, endi u ilgari bo‘lgan shaklida qaytmaydi.

Payg‘ambar alayhis-salom singan idishlarnigina emas, balki yoni uchgan idishlarni ham ishlatishdan qaytarganlar. Demak, ishonchni biz bevosita idishga qiyoslar ekanmiz, bir marta singan ishonchni qayta ishlatish, qayta ishonish deyarli imkonsizdir.

Ammo shunday qarash turi mavjud erurkim, ishonch nisbati ila, u qaytmaydi deyish balki o'rinsiz. Negaki ishonch qaytishi mumkin. Qachonki haqiqiy sevgiga tola qalb egasida. "Sevgiga to'la qalb egasi nima degani?" Sevgiga to'la qalb egasi, bir insonga shunchalik kongil ila mehr qoygan bo'ladiki, uni doim oziga ozidan ham yaqin ko'radi. Ona-bolasiga, Do'st-birodariga, opa-singlisiga mehri singari. Bugungi kundagi ba'zi odamlarni shunday gapi borki ( Do'st hafa bo'lmaydi, unga hafa bolishingizni ham qizig'i yoq!) Bu meni nazlimda hato fikr. Sababi, do'st nega do'st dardlasha olgani uchun do'st, hafa bo'la olgani uchun do'st, agarda u ham hafa bolishga haqqi bo'lmasa, unda kimga yorilib, kimdan hafa bolib, erkalik qilishi mumkin. Ota-ona bu hafa bolishimiz umuman kerak emas insonlardir. Do'stdan ham bu fazilat olib tashlansa, kimdan hafa bola olamiz. Zero uning muddati ham uch kunni tashkil etsa. Sizning hafa bo'lishingiz, begona kimsa uchun zarracha ahamiyatga ega emas bir davrda, bu fazilat ila do'st ham, hafa bo'lishing qiziqmi deb tursa, chin dostlarni begonalardan farqi nimada? Yordam deylik; yordamni hamma ham yaxshi payti bera oladi!

Chin do‘st — hafa bo‘lgan paytda ham yordam bera olgan, dardni ko‘tara olgan insondir. Axir yordamni hamma ham yaxshi kuningizda beradi, ammo sizdan norozi bo‘lib turgan chog‘ida ham sizni yelkadosh tutgan inson — haqiqiy do‘stdir.

Ota-ona, do'st-birodarlar o'rtasida chin muhabbat bo'lar ekan, ishonch ular muhabbati ila albatta qaytadi. Muhabbat mojizasi shuki - u hatto singan idishni ham, yirtilgan qogozni ham yana butun holiga keltira oladi.