Liderlar jurnali 2 Son
    <language>ru</language>
Axborot maydonida adolat va ma'suliyat masalasi
      <description>Najimova Mehribonu Husniddin qizi</description>
GENDER EQUALITY OF WOMEN IN UZBEKISTAN
      <description>Salieva Dilrukh Tashkentbayevna</description>
GENDER EQUALITY OF WOMEN IN UZBEKISTAN
GENDER EQUALITY OF WOMEN IN UZBEKISTAN
Raqamli davrda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning huquqiy asoslari: milliy va xalqaro yondashuvlar
      <description>Hamroyeva Sarvinoz Norboyevna</description>
Ikki madaniyat
      <description>Abdazimova Shaxzoda Abdumajid qizi</description>
Ikki madaniyat
Ikki madaniyat
Tarjima jarayonida epistemik yetishmovchilik: ma’no aniqligi va kommunikativ adekvatlikka ta’siri
      <description>Jo‘raqulova Farzona Marat qizi</description>