Ikki madaniyat
Adabiyotimizda so‘zlar shunchalik ko‘pki, ayrim insonlar ularni faqat muloqot jarayonida ishlatish mumkin, deb hisoblaydi. Aslida esa har bir so‘z o‘ziga xos ruhiy his-tuyg‘uga ega. Bu ma’noni hatto ovozsiz holatda ham his qilish mumkin.
— Qanday? — deysizmi.
Keling, bu masala bo‘yicha yapon adabiyotiga murojaat qilaylik.
Yapon mumtoz shoiri, haiku janrining yetuk namoyandasi Matsu Basho juda qisqa, ramziy va falsafiy ruhda ijod qilgan. U o‘z she’rlarida tabiatni jonlantira olgan, sokinlik ostidagi ma’noni uyg‘ota bilgan, vaqtning o‘tkinchiligi hamda insonni mustaqil rivojlanishga chorlovchi g‘oyalarni ilgari surgan.
Matsu Bashoni mutolaa qilgan har bir kitobxon uning she’rlari tabiat bilan uyg‘unligini his qiladi va uni tabiatni “tilga kiritgan” shoir sifatida tan oladi.
> Autumn moonlight –
a worm digs silently
into the chestnut.
Ushbu she’r orqali kuzning o‘tkinchiligi, oy nuri — sokinlik, qurt esa yashirin harakat ramzi ekanligini anglash mumkin. Tabiatdagi kichik hayot falsafasini haiku janri orqali yoritib bera olishi shoirning kuchli badiiy tafakkur sohibi ekanligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda o‘zbek adabiyotida she’rning ikki misrali ko‘rinishidan tortib, o‘n olti misraligigacha bo‘lgan shakllari uchraydi. Mumtoz adabiyotda eng kichik shakl bir baytdan iborat bo‘lib, fard deb ataladi. O‘zbek folklorida esa to‘rt qatorli she’r to‘rtlik nomi bilan mashhur.
“She’r” atamasi o‘rnida “nazm” so‘zining qo‘llanishi ham xalq orasida keng tarqalgan. O‘zbek adabiyotida barmoq vaznida yozilgan she’rlar keng uchraydi. Bunga Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari hamda “Alpomish” dostoni misol bo‘la oladi. Shuningdek, Abdulla Oripovning “Tilla baliqcha” she’rini ham keltirish mumkin:
> Tuxumdan chiqdi-yu keltirib uni,
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xoru xas, xatolar usting yopdilar.
Yapon she’riyatida esa barmoq vazni o‘rniga mora — yaponcha bo‘g‘in birliklariga asoslangan o‘lchov qo‘llaniladi. Masalan, haikuda 5–7–5 mora tizimi amal qiladi.
Yapon shoirlari she’rni umumiy holda “shi” deb ataydilar. Biroq bu so‘z yapon tilida bir necha ma’noni anglatadi: to‘rt soni hamda yaponlar salbiy ma’noda qabul qiladigan “o‘lim” tushunchasini ham bildiradi.
Yapon an’anaviy she’riy shakllariga vaka, tanka (5–7–5–7–7) va haiku (5–7–5) kiradi. Qatorlar soniga ko‘ra, haiku — uch qatorli, tanka esa besh qatorli she’r hisoblanadi.
Yapon shoirlari qofiyaga katta ahamiyat bermaydilar. Aksincha, ohang, sukunat va pauza she’rning ta’sirchanligini kuchaytiradi.
Zero, adabiyotshunos olim U. To‘ychiev ta’kidlaganidek:
“Bandni uyushtiruvchi narsa, eng avvalo, uning qolipi — vazni, misradorligi (va qofiyasi) emas, balki shu qolipga joylangan mazmundir.”¹
¹ U. To‘ychiev. O‘zbek poeziyasida barmoq sistemasi. — T.: Fan, 1985. 254-bet.