O'ZBEKISTON LIDER YOSHLARI ENSIKLOPEDIYASI

JOʻRAYEVA MALIKA ILHOM QIZI

Malika Jo‘rayeva — qat’iyat va bilim yo‘lida intilayotgan yosh shifokor

Tug‘ilgan sana va joyi: 2005-yil 26-iyul, Surxandaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani
Ta’lim: Alfraganus universiteti, Tibbiyot fakulteti, “Davolash ishi” yo‘nalishi, 3-kurs talabasi
Faoliyat sohasi: Tibbiyot

Ilm va tibbiyot sari ilk qadamlar

Malika Jo‘rayeva tibbiyot yo‘lini maktab davridan tanlagan va erta yoshdan boshlab liderlik faoliyatida o‘zini sinab ko‘rgan. 2021-yildan boshlab turli tanlov va treninglarda qatnashib, nafaqat bilimini, balki jamoa oldida yetakchilik qobiliyatini ham rivojlantirdi. Bugun esa u nafaqat talaba, balki faol yosh lider sifatida ham ko‘pchilikka namuna bo‘lib kelmoqda.

Erishilgan yutuqlar va faoliyatlar

Malika 2022-yilda Turkiyaning nufuzli universitetlaridan biriga shartnoma asosida tibbiyot fakultetiga muddatidan oldin qabul qilingan. Keyinchalik 2023-yilda Akfa universitetining tibbiyot fakultetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lgan, biroq o‘sha yili Alfraganus universitetiga qabul qilinib, hozirda ana shu dargohda o‘qishni davom ettirmoqda.
Uning faol talabaligi va izlanishlari bevosita yutuqlarga olib kelgan. Jumladan, 2023-yilda “Supermiya” intellektual tanlovida 7.0 ball natija ko‘rsatgan, QVZ ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2025-yilda esa “Faol talaba” sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, “AFU_MED” klubiga rahbarlik qilib, talabalarning bilim va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ilhom manbalari va hayotiy qarashlari

Malikaning hayotiga ko‘plab voqealar va kuzatuvlar ta’sir qilgan. U atrofidagi ko‘pchilikning birovga qaram bo‘lib ishlashini kuzatib, o‘ziga qat’iy qaror qilgan: hech qachon birovga tobe bo‘lmasdan, mustaqil fikrli va mustaqil faoliyat yurituvchi inson bo‘lish.
Shu bois u o‘z shiorini quyidagicha ifodalaydi:
“Kuching — qo‘llaringda, kuch-quvvat — qalbingda, yo‘ling — ongingda.”

Shaxsiy qiziqishlar va yetakchilik fazilatlari

Bo‘sh vaqtida Malika kitob mutolaasi va o‘ziga yoqadigan ijodiy mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor qaratadi. Unga ko‘ra, haqiqiy liderlik — bu so‘zini o‘tkazib, jamoani ishontirish va yetaklab borish qobiliyatidir. Shu fazilatlari uni do‘stlari va kursdoshlaridan ajratib turadi.

Kelajak rejalar va orzular

Malikaning orzulari keng va salmoqli. U dunyo kezishni, sayohat qilishni va eng muhimi — ota-onasini rozi qilib, ularning duosini olishni eng ulug‘ maqsad deb biladi. Shu bilan birga, o‘z bilimini mukammallashtirib, tibbiyot sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishni, xalq sog‘lig‘iga hissa qo‘shishni niyat qilgan.
Uning fikricha, boshqalar undan qat’iyatli bo‘lishni, o‘ziga ishonishni va maqsad sari tinimsiz intilishni o‘rganishlari mumkin.

Yoshlar uchun xabar

Malika Jo‘rayeva yoshlarga shunday maslahat beradi:
“Negativlarga e’tibor bermang. Hayotda faqat oldinga intiling va orzularingiz sari qat’iyat bilan yuring. Haqiqiy yutuq — o‘ziga ishonib, qo‘rquvsiz qadam tashlagan kishiga nasib etadi.”