Rivojlanish sur'atlari tobora oshib borayotgan zamonda raqamli muloqot vositalari jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Internet orqali tarqalayotgan turli mazmundagi videoroliklar, qo'shiqlar va chiqishlar keng auditoriyaga juda tez su'ratda yetib bormoqda. Shunga qaramay axborot maydonidagi ayrim holatlar jamoatchilik o'rtasida munozarali holatlarni yuzaga keltirmoqda.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda axloqiy me'yorlarga zid, behayo yoki jamiyat qadriyatlariga to'g'ri kelmaydigan materilallar erkin tarqalayotgani ko'pchilikni tashvishga solmoqda. Ammo, ayni paytda diniy mazmundagi ayrim qo'shiqlar yoki materiallarni bilb-bilmay tinglagan yoshlarning javobgarlikka tortilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy qatlam o'rtasida e'tirozli fikrlarga sabab bo'lmoqda.
Hammaga ma'lumki har qanday davlatda qonun ustivorligi muhim hisoblanadi. Ekstremizm, zo'ravonlik yoki noqonuniy faoliyatni targ'ib qiluvchi materiallarga nisbatan chora ko'rilishi tabiiy. Shu bilan birga, axloqiy buzuqlikni targ'ib qiluvchi kontentlar ham jamiyat ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi xaqiqatdan yiroq emas. Demak, masala faqat bir tomonlama emas, balki kompleks yondashuvni talab qiladi.
Axborot makonida tartib va adolatni ta'minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Qonunlar hamma uchun bir xil ishlashi, nazorat mexanizmlari shaffof va tushinarli bo'lishi muhim. Shuningdek, yoshlar va ularning vasiylari bilan tushuntirish ishlari, ma'rifiy targ'ibot va ochiq muloqot kuchaytirilishi lozim. Negaki, ijtimoiy tarmoqlardan hozirda faqat balog'at yoshdagilar emas balki bog'cha yoshidagi bolalar ham foydalanishmoqda.
Jamiyat barqarorligi va ma'naviy sog'lomligi har birimizga bog'liq. Ochiq axborot maydonida ma'suliyat, adolat va qonuniylik tamoyillari ustuvor bo'lsa, ijtimoiy ishonch ham mustahkamlanadi.
Jamiyat barqarorligi va ma'naviy sog'lomligi har birimizga bog'liq. Ochiq axborot maydonida ma'suliyat, adolat va qonuniylik tamoyillari ustuvor bo'lsa, ijtimoiy ishonch ham mustahkamlanadi.