Liderlar Online1 daqiqa

Alisher Navoiyning " Munshoat" asari

Ushbu asarda janrlar timsoli

Navoiy rasmi Navoiyshunoslik sohasi bilan aloqadorligi
Navoiy rasmi Navoiyshunoslik sohasi bilan aloqadorligi

"Munshoat" (arab.- bayon etilgan, bitilgan, atalgan) maʼnolarini anglatadi.

Oʻn beshinchi asrda maktublarni yigʻish toʻplash urf yaʼni odatga aylangan.

"Munshoat" asarining shakllanishi Alisher Navoiy ijodi bilan chambarchas bogʻliq, chunki Hazrat Alisher Navoiy Shahzodalarga va Badiuzzamon mirzoga atab yozgan maktublarida ularga mamlakatni qanday boshqarish lozimligi haqida oʻrgatib boradi.

Alisher Navoiyning davrida talaygina eʼtiborli munshoatlar yaratildi. Navoiyning " Munshoat" asari 1485- 1499-yillarda yaratilgan. Maktublar bilan birgalikda usha davr muhitini ham qamrab olgan. " Munshoat" asosan, Temuriy shahzodalar va oʻz yaqinlariga yozgan maktublaridan iborat.

Masnaviya:

Ne bahorida shod boʻl chandon,

Aylabon oʻzni gul kibi xandon,

Ne xazonida barg ayshini soch,

Yuz uza zaʼfaron doʻkonin och. Ushbu parcha Munshoatdagi 4- maktub tarkibiga kiritilgan. Maktubda vaqtning oʻqday oʻtishi, insonning har qanday holatda vazmin bulishi kerakligi taʼkidlangan. Asar muqaddima va 103 qismni tashkil etadi.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Qilichova Muxlisa Farxod Qizi

Filologiya talabasi · Ona tili yo‘nalishi · Kitobxon · Bo‘lajak jurnalist

Hoziroq ariza qoldirish