O‘ZBEKISTON LIDER YOSHLARI ENSIKLOPEDIYASI“MUKAMMAL MEDIA GROUP” MCHJ TASARRUFIDAGI PLATFORMADABIOGRAFIK MAQOLA JOYLASHTIRISH BO‘YICHA OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI
Ushbu ommaviy oferta shartnomasi (keyingi o‘rinlarda —
Shartnoma)
“MUKAMMAL MEDIA GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda —
Tashkilot)ga tegishli bo‘lgan
liderlar.uz internet sayti orqali yuritiladigan
“O‘zbekiston Lider Yoshlari Ensiklopediyasi” platformasi tomonidan ommaviy foydalanish uchun e’lon qilinadi hamda ensiklopediyaga kiritilishi rejalashtirilgan jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda —
Nomzod) bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369–370-moddalariga muvofiq tuziladi.
Mazkur Shartnoma
ommaviy oferta hisoblanib, Nomzod tomonidan Tashkilotga biografik ma’lumotlar, fotosuratlar va boshqa zarur axborotlarning taqdim etilishi hamda belgilangan tartibda to‘lov amalga oshirilishi ushbu Shartnoma shartlarini
to‘liq, so‘zsiz va cheklovlarsiz qabul qilinganini anglatadi.
Nomzod ushbu Shartnoma shartlari bilan to‘liq tanishib chiqqanligini, ularning mazmuni va huquqiy oqibatlarini anglaganligini hamda ongli ravishda rozilik bildirganligini telegram messenjeridagi yozma kelishuv orqali tasdiqlaydi. Mazkur rozilik alohida imzo qo‘yilishini talab etmaydi va ommaviy oferta shartlariga muvofiq qonuniy kuchga ega hisoblanadi.
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Ushbu Shartnomaning predmeti Nomzod haqidagi biografik-ensiklopedik maqolani:
- tayyorlash,
- tahrirlash,
- elektron formatga keltirish,
- “O‘zbekiston Lider Yoshlari Ensiklopediyasi” platformasida e’lon qilishdan iborat.
1.2. Maqola Nomzod tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tayyorlanadi hamda ensiklopedik, axborotiy va ijtimoiy-ma’rifiy xarakterga ega bo‘ladi.
2. NOMZODNING MAJBURIYATLARI
2.1. Nomzod maqola va brending ishlari uchun:
- to‘g‘riga qaragan,
- rasmiy yoki yarim rasmiy kiyimda,
- yuqori sifatli fotosuratni taqdim etishi shart.
2.2. Nomzod quyidagi biografik savollarga to‘liq va ishonchli javoblarni taqdim etadi:
- To‘liq ismi, familiyasi va otasining ismi
- Tug‘ilgan sanasi va joyi
- Hozirgi yashash hududi
- Ta’lim darajasi va o‘qigan muassasalari
- Faoliyat yuritayotgan yoki tahsil olayotgan sohasi
- Faoliyat boshlanish davri
- Muhim yutuqlar va mukofotlar
- Hayotiga ta’sir qilgan shaxs yoki voqea
- Hayotiy shiori yoki prinsipi
- Bo‘sh vaqt mashg‘ulotlari
- Liderlik uchun muhim deb bilgan fazilati
- Kelajakdagi rejalari va maqsadlari
- Boshqalarga bera oladigan tajribasi
- Qo‘shimcha muhim ma’lumotlar
- Yoshlar uchun maslahat yoki motivatsion fikr
2.3. Nomzod tomonidan taqdim etilgan barcha ma’lumotlarning haqqoniyligi va qonuniyligi uchun Nomzod shaxsan javobgar hisoblanadi.
3. MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH VA MAXFIYLIK
3.1. Nomzod tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ochiq ensiklopedik axborot hisoblanadi.
3.2. Nomzod o‘z ma’lumotlari va fotosuratlarining internet tarmog‘ida ochiq e’lon qilinishiga rozilik bildiradi.
3.3. Tashkilot ma’lumotlardan faqat ensiklopedik, axborotiy va ma’rifiy maqsadlarda foydalanadi.
4. TO‘LOV SHARTLARI
4.1. Maqolani ensiklopediyaga joylashtirish uchun yillik badal miqdori
100 000 (bir yuz ming) so‘mni tashkil etadi.
4.2. Ushbu mablag‘lar:
- platformani texnik qo‘llab-quvvatlash,
- maqolalarni yuritish va saqlash,
- loyihani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
4.3. To‘lovni 14 kalendar kuni ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.
4.4. To‘lov kelishuv boshlangan kundan boshlab 14 kalendar kuni ichida to‘liq amalga oshirilishi shart.
5. MAQOLANI O‘ZGARTIRISH SHARTLARI
5.1. Maqola e’lon qilinganidan so‘ng:
- 7 kun ichida kiritiladigan barcha o‘zgartirishlar bepul;
- 7 kundan so‘ng har bir o‘zgartirish 20 000 so‘m miqdorida baholanadi.
6. QO‘SHIMCHA LOYIHALAR
6.1. Tashkilot kelajakda seminarlar, podkastlar, reels va boshqa media loyihalarni amalga oshirishi mumkin.
6.2. Ushbu loyihalar Nomzodlarning ijtimoiy nufuzi va virtual imidjini oshirishga qaratiladi.
7. MAQOLANI E’LON QILISH MUDDATI
7.1. Barcha ma’lumotlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, maqola kelishuvdan keyingi ish kuni e’lon qilinadi.
8. TO‘LOV MA’LUMOTLARI
Plastik karta:
9860 1701 0910 7244Karta egasi:
Jaxongir QurbonnazarovTo‘lov amalga oshirilgach, chek (skrinshot) taqdim etilishi shart.
9. YAKUNIY QOIDALAR
9.1. Nomzod tomonidan ma’lumotlar taqdim etilishi va to‘lov amalga oshirilishi ushbu Shartnoma shartlariga to‘liq rozilik bildirganini anglatadi.
9.2. Ushbu Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan holda amal qiladi.
Ommaviy ofertaning hujjat shakli bilan quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin!