Liderlar Online1 daqiqa
Besh tashabbus nimaga kerak

Besh tashabbus – yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
Bugungi kunda yoshlarning bilimli, iste’dodli, faol va har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishi har bir jamiyatning asosiy maqsadlaridan biridir. Shu maqsadda mamlakatimizda ilgari surilgan besh muhim tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Besh tashabbusning asosiy maqsadi – yoshlarni san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik va xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishlariga keng jalb etishdir.
Birinchi tashabbus yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqtiradi. Bu orqali yoshlarning ijodiy qobiliyati rivojlanadi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga undaydi. Sport inson salomatligini mustahkamlaydi, intizom va iroda kabi fazilatlarni shakllantiradi.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi zamonda bu bilimlar har bir yosh uchun juda muhim.
To‘rtinchi tashabbus kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi. Kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi kengayadi, nutqi ravonlashadi va bilimlari ortadi.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning kasb-hunar egallashi va jamiyatda faol ishtirok etishiga yordam berishni nazarda tutadi.
Xulosa qilib aytganda, besh tashabbus yoshlarning kelajagi uchun yaratilgan katta imkoniyatdir. Har bir yosh ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishi, o‘z ustida ishlashi va Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shishi kerak. Chunki bugungi bilimli va faol yoshlar – ertangi kunning bunyodkorlaridir.
Muallif
Tóliboyeva Sevinch Inomjon Qizi
Ingliz tili yo‘nalishi · B2 sertifikat sohibasi · Kitobxon · Shaxmatchi
