Liderlar Online1 daqiqa
Har bir ishda hayr bor
Muvaffaqiyat sari

Men balki mukammal yozuvchi emasdir man balki gaplarim algʻov dalgʻovdir lekin qoʻlimdan kelgancha yozishga harakat qilyapman.
Bolalik onlari juda ajib davrlar boʻlgan. Otam talaba onam uy bekasi boʻlgan. Oʻz uyimiz na mashinamiz boʻlgan lekin ayni oʻsha damlarda ijarani toʻlashga pulimiz boʻlmagan. Keyin buvimlar bilan yashay boshladik. Lekin ular judayam qattiqoʻl inson edilar shunga qaramay bobom bilan oʻlkalari bizni juda yaxshi kprishar edi. Keyin kichikkina yer oldik uy soldik devorlari hali gʻishtdan bazoʻr oqlangan uylarda , hattoki ustida tomi boʻlmagan uyda yashadik. Qishda na pechkamiz boʻlgan ustimizga qalin kiyimlar kiyib 3 4 ta koʻrpa oʻrab tomimizdan chakki tushgan kunlar uyimizda un boʻlmagan mehmon kutishga nonimiz boʻlmagan kunlarimiz boʻldi. Lekin kunlar oʻtib hammasini yaxshilandi akam opam maktabga chiqa boshladik otam oʻqishni bitirib ishga kirdilar Alloh beraman desa beradi degandek bizga uy ham moshina ham ato etdi. Ishlarimiz oʻnglangdi asta sekin qiyin kunlardan oʻsha yeyishga nonimiz kiyishga kiyimimiz yoʻq kunlardan qoʻlimiz hamma tomonga yetadigan kunlarga yetdik. Inson hayotida qancha koʻrgilik qancha sitam boʻlsa hammasini koʻrgan onasidan erta ayrilgan onam endilikda farzandlaridan faxrlansa arziydigan jasoratli onaga aylandi. Oʻsha paytda oʻz bilimlarini oʻrgatgan bor ustozdan kam qilmay bergan onamni bilimlari sabab akam Toshkent davlat yuridik universitetiga grant asosida oʻqishga qabul qilingan. Hozirda taniqli advokatlardan biri. Xullas hammamiz nufuzli universitetlarda tahsil olmoqdamiz. Men bu maqolani yozishdan maqsadim nima bilasizmi qiyin kunlar albatta oʻtib ketadi muhimi Allohga ishoning va har bir oʻtgan yomon kuningizdan hayr qidiring yaxshilik qidiring
Muallif
Baxtiyorova Ruxshona Alisher Qizi
Iqtisodiyot talabasi · Kitobxon · Sportga qiziqadi · Ekstrovert · IELTS maqsadi
