Liderlar Online3 daqiqa
IMKONIYATI CHEKLANGAN O’QUVCHILAR UCHUN TA’LIM SIFATINI OSHIRISH
Taʼlim sifatini oshirishda xizmat qilayotgan chora tadbirlar .

Imkoniyati cheklangan o‘quvchilar ta'limi sifatini oshirishda avvalo bunday o'quvchilar uchun inklyuziv muhitni yaratish, maxsus korreksion dasturlar, moslashtirilgan o‘quv materiallari hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda har bir bola uchun individual yondashuv, zamonaviy audio-vizual texnologiyalar shuningdek ota-onalar bilan hamkorlik asosiy omillar hisoblanadi. Bu bo’yicha mamlakarimizda ham chuqur ilmiy izlanishlar olib borilmoqda va yoshlarni qo’llab quvvatlash uchun yetarli sharoitlar yaratilmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Jumladan , 2020-yil 23-sentyabr sanasida qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ilk bora bu qonunga “Inklyuziv ta’lim” tushunchasi kirtildi.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbrlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ 4860- sonli qarori xususan Xalq ta’limini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini joriy qilish to‘g‘risidagi PF- 5712-son farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni takomillashtirish va rivojlantirish , imkoniyati cheklangan o’quvchilarga ta’lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish hamda ularga olib borilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilashga doir me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2020-2021-yillarda ta’limi tizimini yaxshilash borasida O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini kiritish bo’yicha 2020-2025-yillarga mo’ljallangan ta’lim tizimini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzildi.
Olimlari tomonidan nuqsonli bolaning oilasida yuzaga keleyotgan bir qator turli xil muammolarni hal etishga qaratilgan, xususan,oilada imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash bo’yicha avvalo ota onaga berilishi lozim bo’lgan pedagogik xususiyatlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishi lozim bo‘lib,shuningdek ularning tadqiqoti ota-onaga xususan imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalashga qaratilgan birmuncha pedagogik holatlarini o‘rganish va pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
Inklyuziv ta’lim vazifalariga to’xtaladigan bo’lsak ular quyidagilar hisoblanadi:
Ta’limda alohida ehtiyoji bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zarur bo’lgan psixologik-pedagogik, korreksion mashg’ulotlani tashkil qilish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari va korreksion mashg’ulotlarni amalga oshirish orqali bunday bolalarning ruhiy rivojlanishini, ijtimoiy moslashishini amalga oshirilib boriladi.
Maxsus ta’lim muassasasi va umum ta’lim muassalarining o‘quvchilari ta’limni tashkil etishdagi uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib borish yo‘li bilan belgilanib boriladi
Imkoniyati cheklangan o’quvchilarda amalga oshirilayotgan istiqbolli rejalar.
Huquqiy va siyosiy asoslar: Ta'lim sohasidagi tegishli qonunchilik va me'yoriy hujjatlarni qabul qilish orqali yurtimizda inklyuziv ta'limni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar qo'llab-quvvatlanmoqda.
Infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan ishlar: Bunga misol qilib maxsus moslashtirilgan binolar, o‘quv jihozlari joriy qilish dolzarb vazifalardandir.
Kadrlar tayyorlash va malaka oshirish: Imkoniyati cheklangan o’quvchilar bilan ishlash uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda pedagoglarning tajribalarini oshirish zarur.
Ta’limni tashkil etishdagi innovatsion yondashuvlar va texnologiyalardan foydalanish: Raqamli platformalar, masofaviy o‘qitish tizimlari va inklyuziv ta’lim dasturlarini joriy qilish rejalashtirilmoqda.
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan ijtimoiy sharoirlarni yaxshilash:Bunday texnologiyalar o‘quvchilar uchun qulay o‘quv muhiti yaratishga yordam bearadi va ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi desak mubolag’a bo’lmaydi. Inklyuziv ta'lim muhitida imkoniyati cheklangan o’quvchilar bilan sog‘lom o‘quvchilar bir sinfda birgalikda ta'lim oladilar. Inklyuziv ta'lim sohasida keng imkoniyatlarni amalga oshirish nafaqat ta'lim sifatini oshirmoqda, balki o’quvchilar o’rtasida tenglik huquqini va barkamol rivojlanishga xizmat qilmoqda.
Zamonaviy ta’lim jarayonida o'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim tizimini shakllantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ta'lim sifatini oshirish va yosh jihatlarini inobatga olgan holda ta’lim mazmunini to'liq ro'yobga chiqarish uchun bunday bolalarda differensial yondashuv asosiy vosita sifatida qaraladi.
Muallif
Shodiyeva Gulchiroy Nurqosim Qizi
Maxsus pedagogika talabasi · Oligofrenopedagogika muallifi · She’r muallifi · Volontyor · Smart Ziyo AI muallifi
