Liderlar Online10 daqiqa

MARS SAYYORASINING RO`PARA TURISHI VA SIRTMOQSIMON HARAKATINI KUZATISH USLUBI

Kirish. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim mazmuni va sifati

jamiyatning dolzarb masalalari va ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida

ko’rilmoqda, ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo’llari

izlanmoqda, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni

joriy etish, innovatsion g’oyalarni qo’llash masalasi ommalashmoqda. Shu

sababdan fanni o’qitishda bizga ma’lum bo’lgan ta’limdagi a’nanaviy uslublar

bilan birga hozirgi zamon axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan

foydalanib innovatsion yondashuvlar davr talabidir. Hozirgi kunda astronomiya

va astrofizika fanini o’qitishning yangicha usullarini yaratish ustida ko’p ish olib

borilmoqda. Masalan, uzluksiz ta’lim tizimida ya’ni Oliy ta’limda, Akademik

litsey va umumta’lim maktablarda nazariy jihatdan o’rganilibgina qolmasdan

amaliy darslarni ham tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ochiq osmon sferasida

talabalar va o’quvchilar bilan vizual kuzatishlarni olib borib, kuzatish

natijalaridan to’garak ishlarida, anjumanlar tashkil etish barobarida talabalarni

astronomiya faniga qiziqishni uyg’otish mumkin. Shu bilan birga fan

o’qituvchilarni o’zlarini ko’nikma va malakalarini oshirib boradi.[1,4]

Asosiy qism. Bundan 5 ming yil avval ham kishilar 5 ta sayyoralarni

yulduzlardan farqli ravishda harakat qilishini kuzatganlar. Ayniqsa Venera,

Yupiter va Mars sayyoralarini osmonda yaraqlab turishini kuzatish kishiga zavq

bag’ish etadi. Quyida amaliy kuzatishlardan birini ya’ni Mars sayyorasini

kuzatish orqali uni ro’para (qarama-qarshi) turish momentlarini va

sirtmoqsimon harakatini vizual kuzatish metodi keltirilgan. Ma’lumki Mars

(Mirix) sayyorasi Yerga tashqi tomondan eng yaqin qo’shni sayyora hisoblanadi.

U Quyosh atrofini o’z orbitasi orqali aylanayotib, sayyoralarning orbitalari ellips

bo’lgani uchun Yerga nisbatan har xil uzoqlikda bo’ladi. Yuqori qo’shilishida 400

mln km dan ro’para turish momentida Yerga eng yaqin kelgan payti 80dan, 55

mln km gacha bo’lishi mumkin. Yerga har 780 kunda (sinodik davr) Mars

yaqinlashib o’tadi. Bu holatni ro’para (qarama-qarshi) turish deyiladi. Agar

Yerning tropik yili 365,2422 sutka bo’lsa 2 yil-u 50 sutkada takrorlanib turadi.

Bunday vaqtda Yer Mars bilan Quyosh oralig’ida bo’ladi. Marsni kuzatish uchun

qulay sharoit yuzaga keladi, birinchidan bunday davrlarda, Mars, Yerga juda

yaqin, ikkinchidan u Yerga o’zini yoritilgan tomoni bilan o’girilgan to’la doira

(to’lin Oyga o’xshab) ko’rinadi, uchinchidan, Quyosh botgan zahoti kechqurun

sharq tomondan chiqib kelib, yarim kechada yuqori kulminatsiyaga erishib,

ertalabga yaqin g’arb tomonga botib ketadi. Ya’ni gorizont ustida tuni bo’yi

ko’rinib turadi. Ayni shunday holatda Mars (boshqa sayyoralar ham)

sirtmoqsimon harakat qiladi. Bunday ro’para turishlar ichida ayniqsa, Marsni

peregeliyi va Yerning peregeliyiga yaqin bo’lgan holatlarda Mars Yerga 55 mln

km gacha yaqin keladi. Bunday ro’para turishini “Buyuk ro’para turish” – deb

ataladi. Bunday holat 15-17 yilda takrorlanadi va qiziqarli bo’lgani uchun, uni

kuzatish bilan ko’pgina astronomlar qiziqib kelgan.Astronomiyada kosmik era

boshlanishi(1957 yil)dan ancha oldin 1877 yil 5 sentabrda Marsni ro’para

turishida Yerga 56 mln. km.gacha yaqinlashgan.O’shanda Amerikalik astronom

Asaf Xoll Marsni ikki yo’ldoshini viziul kuzatish usuli bilan aniqlagan. [2,3].

Hozirgi vaqtda Mars sayyorasi bilan butun dunyo qiziqmoqda. AQSH,

Rossiya, Yaponiya, Xitoy va boshqa rivojlangan davlatlarda, astronomik

observatoriyalarda, astronomik tashkilotlarda Marsni kuzatish, o’rganish va

yaqin yillar ichida uni o’zlashtirish taxminan 2030-2040- yillar Marsga insonni

chiqarish ustida ishlar olib borilmoqda. Albatta bunday rejalarni amalga

oshirishda Marsni ro’para turish momentini o’rganish muhim ahamiyat kasb

etadi.Chunki ro’para turish mamentida Mars Yerga eng yaqin keladi. Uzluksiz

ta’limda o’quvchilar dastlabki astronomik tushunchalar bilan boshlang’ich

sinflarda tabiatshunoslik fanlarida, 6-8-sinflarda fizika fanlarini o’qitilishda

tanishib boradilar. Umumiy ta’lim maktablarida 11-sinflarda,KHM va Akademik

litseylarni 3-kurslarida “Astronomiya” fani o’qitiladi. Oliy ta’limda “Fizika”,

“Fizika va astronomiya” ixtisosligi talabalari “Astronomiya va astrofizika”

fanlarida nazariy bilimlar oladilar. Olingan nazariy bilimlarni amaliy kuzatishlar

orqali mustahkamlash o’quvchilar va talabalarni astronomiya faniga bo’lgan

“Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori”

qiziqishlarini oshirishda yuqori samara beradi. Biz quyida Marsni ro’para turish

holatini mahalliy sharoitda kuzatish uslubini keltiramiz.

1. Avvalo Marsni osmon yoritkichlari orasidan topib olamiz. Buning uchun

Oyning ko’rinma harakatidan foydalanamiz. Oyni hamma osmonda

adashmasdan topa biladi. Oy osmon sferasini 27,32 sutkada yulduzlarga

nisbatan aylanib chiqadi. Oyning aylanish tekisligi ekliptika tekisligiga nisbanan

og’maligi 5,090 ekanligi va Marsniki esa 1,80 bo’lganligi uchun ular osmonda

yaqin xarakatlanib har 27,32-29,53 sutka (Oyning siderik va sinodik davrlari)

oralig’ida bir marta uchrashadi (yaqinlashadi). Buni sanasi kuzatish jadvalida

keltirilgan bo’lib (bunday jadvalni Stellarium dasturi yordamida oson tuzib olish

mumkin) shu sanada osmonda Oyni yonidagi qizil, sarg’ish yoritgich Mars

bo’ladi. Unga aniqlik kiritish uchun uni 2-5 kun kuzatilsa yonidagi yulduzlarga

nisbatan siljib borishini sezish mumkin.[4].

2. Marsni “Buyuk ro’para turish” oxirgi marta 2018-yil 27-iyul sanasida

bo’lgan, navbatdagi “Buyuk ro’para turish” 2035-yil 15-sentyabrda ro’y beradi.

Bu davr orasida 2020-yil 14-oktyabr, 2022-yil 8-dekabr, 2025-yil 22-ynvar

sanalarida va hakoza shunday 7-marta oddiy ro’para turishlar kuzatiladi.

Keltirilgan jadvalda sanalar, Marsni osmon ekvator tekisligiga og’maligi, Yerdan

uzoqligi va shu ko’rsatilgan sanada yoki unga yaqin sanada uni Oy bilan boshqa

sayyoralar va boshqa osmon jismi bilan yaqinlashishi keltirilgan. Bunday

jadvalni har bir o’qituvchi o’quv yili boshida tuzib olishi mumkin va unda

ko’rsatilgan sanalarda o’quvchilarga topshiriqlar berib yoki birgalikda kuzatish

olib borishi mumkin. Ro’para (qarama-qarshi) turish Quyoshga nisbatan

olingani uchun albatta ko’rsatilgan sanada Quyosh quyi kulminatsiyada,Mars esa

yarim kechada, ya’ni 0 soatlarda( kuzatuvchi turgan nuqtada) osmon meridian

tekisligini kesib o’tadi va yuqori kulminatsiyada bo’ladi. Har bir kuzatuvchi o’zi

turgan joy uchun meridian tekisligini (ya’ni P- shimoliy qutb, Z-zenit va S-

gorizontni janubiy nuqtasi orqali o’tuvchi tekisligini) yaxshi bilish kerak.

Yuqorida aytilganday bu holat aniq yarim tunda soat 2400 yoki 0 soatlar vaqtiga

to’g’ri kelib, agar Oysiz tunlar bo’lsa qizg’ish sayyora juda chiroyli bo’lib ko’rinib

turadi. Agar bu holat “Buyuk ro’para turish” ga to’g’ri kelsa unda yana ham

ravshan bo’lib, uni ko’rinma diametri 25” yetadi. Agar kuzatishda durbin,

teleskoplar, kichik maktab teleskoplari ishlatilsa yana ham yaxshi natijalarga

erishish mumkin. Kuzatish jadvalini, internet tarmoqlari yoki “Stellarium”

dasturi asosida tuzib, kuzatish sanasidan bir, ikki oy oldin Marsni kuzatib,

mashq qilinsa natija yana ham yaxshi bo’ladi. Jadvalda Marsni yonidan Oyni

o’tishi oldingi bir va ikki oy sanasi bilan berilgan. Agar Marsni ro’para turish

sanasidan 2 oylar oldin va 2 oylar keyin kuzatilib borilsa uni sirtmoqsimon

harakatini ham aniq kuzatish mumkin. Sayyoralarni konfiguratsiyasi

o’rganilganda tashqi sayyoralar ayni ro’para turish davrlarida sirtmoqsimon

harakat qiladilar. Xuddi shunday Mars odatda yulduzlarga nisbatan g’arbdan

sharqqa tomon siljib boradi. Ro’para turishdan 2 oylar oldin Mars yonidagi

yulduzlarga nisbatan harakatini yo’nalishini o’zgartirib sharqdan g’arbga qarab

“Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori”

siljiy boshlaydi va ro’para turishdan keyin 2 oylar o’tgandan keyin yana avvalgi

harakatini davom ettirib g’arbdan sharqqa tomon davom ettiradi va navbatdagi

ro’para turishgacha davom etadi. Sirtmoqsimon harakati va ro’para turish

davrida Mars biror Zodiak yulduz turkumida bo’ladi Albatta bunday kuzatish

natijalarini o’quvchi va talabalar bilan muhokama qilib borilsa yaxshi samara

beradi. Quyida “Stellarium” dasturi va internet materiallari asosida Toshkent

vaqti uchun tuzilgan oldindan rejalashtirilgan kuzatish jadvali keltirilgan.

Boshqa joylar uchun sana o’zgarmaydi,vaqtda 30 minytlarga farq bo’lishi

mumkin [4] (1-jadval).

Bu jadval Snillarium dasturi asosida tuzilgan bo’lib, keltrilgan sanalar, vaqti

osmondagi yuz beradigan hodisalar bilan to’g’ri kelali.Quyida jadvalda

ko’rsatilgan.

1-jadval.

№

Ro’para turish sanasi Yulduz

turkumi

Yer bilan Mars

orasidagi

masofa

(mln.km)

Marsni Oy bilan

yaqinlashish

sanasi

1 22.01.2025 Javzo 95.8 13.01.2022

2 19.02.2027 Asad 101.02 19.02.2027

3 25.03.2029 Sunbula 96.7 02.03.2029

4 04.05.2031 Mezon 83.29 10.04.2031

5 27.06.2033 Qavs 63.62 15.06.2033

6 15.09.2035 Dalv 57.04 21.08.2035

2025 yil, 21 yanvardan 22 yanvarga o’tar sanasida Mars sayyorasini

navbatdagi ro’para turish holatiga doir rasmlar keltiramiz

1-rasm. 2025 yil 22 yanvar sanasida, Tashkent vaqti bilan 0 soat 04

minutda Mars sayyorasi meridianni kesib o’tayatgan holat tasvirlangan.

Rasmda Mars sayyorasi bilan Pollux (Javzoning si ) yulduzi birgalikda

meridianni kesib o’tayotgan payti tasvirlangan. Bu vaqtda Mars Yerga ro’para

turgan bo’ladi! Marsni harakati 2024 yil oktabr oyidan, 2025 yil fevral oyining

“Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori”

oxirigacha o’rganildi va kuzatildi. Natijada Mars sayyorasi 2024 yil oktabr,

noyabr oylarida Javzodan Saraton yulduz turkumi tomon to’g’ri xarakat qilib

(g’arbdan sharqqa), 2 dekabrdan, Saraton yulduz turkumidan yana Javzo

yulduz turkumi tomon teskari harakatini boshlaydi. 2025 yil 22 yanvarda Yerga

ro’para turib teskari xarakatini 2 fevralgacha davom etadi va 25 fevraldan to’g’ri

harakatini (g’arbdan sharqqa) boshlaydi. Bu Marsni harakati talabalar bilan

birga osmon sferasida ham kuzatilib borildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mamadazimov M., Rizayev T. Uzluksiz ta’lim tizimida Astronomiyani

o`qitishning muammolari. - T.: Yangi asr avlodi, 2016.y.

2. Sattorov U. Astrofizika I qism. – T.: Ta’lim nashriyoti, 2009.y.

3. Mamadazimov M. UMUMIY ASTRONOMIYA T. “Yangi avlodi”,2008y.

4. Avezmuranova Z.A.,Qahhorov S.Q., AvezmuronovA. Innovatsion

texnologiyalar asosida astronomiya fanini o’qitishda amaliy kuzatishlarni tashkil

qilish. (O‘quv qoʻllanma) “ Durdona” Buxora-2023y.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Mamadaliyev Muhammadziyo Shukurali Óğli

Kiberxavfsizlik mutaxassisi · CTF ishtirokchisi · Zakovat qatnashchisi · Kitobxon · Harbiy litsey bitiruvchisi

Hoziroq ariza qoldirish