Liderlar Online1 daqiqa

Mening hayot yo‘lim va orzularim.

orzular sari ilk qadam

Mening hayot yo‘lim va orzularim

Har bir insonning hayotda o‘z yo‘li, o‘z maqsadi va amalga oshirishni istagan orzulari bo‘ladi. Men ham hayotga katta umidlar, ezgu niyatlar va go‘zal orzular bilan qarayman. Chunki insonni oldinga undaydigan, unga kuch va ishonch beradigan eng muhim omillardan biri-bu uning orzularidir.

Mening hayot yo‘lim ham o‘ziga xos. Bu yo‘lda quvonchli kunlar, qiyinchiliklar, sinovlar va unutilmas xotiralar bor. Har bir kun menga yangi narsalarni o‘rgatadi. Ba'zan maqsadlarimga erishish oson bo‘lmaydi, ammo men har qanday qiyinchilik insonni kuchliroq va sabrliroq qilishiga ishonaman.

Bugungi kundagi eng muhim maqsadlarimdan biri - yaxshi ta'lim olish, bilimli va yetuk inson bo‘lib yetishish. Hozirda psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotganim ham bejiz emas. Men kelajakda insonlarning qalbini tushunadigan, ularning muammolariga befarq bo‘lmaydigan, kerakli paytda yordam bera oladigan malakali psixolog bo‘lishni istayman.

Orzularim faqat kasbim bilan cheklanmaydi. Kelajakda ota-onamning ishonchini oqlash, ularning faxriga aylanish, oilamga munosib farzand bo‘lishni xohlayman. O‘z mehnatim bilan muvaffaqiyatga erishish, mustaqil fikrlaydigan, o‘z o‘rniga ega bo‘lgan inson bo‘lib yashash ham eng katta niyatlarimdan biridir.

Men shuni angladimki, orzu qilishning o‘zi yetarli emas. Har bir orzu ortida mehnat, sabr, intilish va ishonch turishi kerak. Inson o‘ziga ishonsa va maqsadi sari harakat qilsa, albatta, yaxshi natijalarga erishadi.

Xulosa qilib aytganda, mening hayot yo‘lim hali oldinda. Meni kutayotgan imkoniyatlar, yangi bilimlar va amalga oshirishim kerak bo‘lgan ko‘plab orzularim bor. Men kelajagimga ishonaman. Chunki bugungi harakatlarim ertangi kunimni yaratadi. Eng katta orzum -shunchaki muvaffaqiyatli inson bo‘lish emas, balki hayotim davomida yaxshi iz qoldirish, insonlarga foydam tegadigan va ota-onam faxrlanadigan inson bo‘lib yashashdir.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Murodilova Dilshoda Alisher Qizi

Psixologiya talabasi · Kitobxon · Ona tili sertifikati · Mas’uliyatli · Qat’iyatli

Hoziroq ariza qoldirish