Liderlar Online4 daqiqa

OLIY TA’LIMDA TALABALAR BILIMINI SHAKLLANTIRUVCHI BAHOLASHDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING O’RNI VA ULARNING AMALIYOTGA JORIY ETISH USULLARI

ushbu maqola sun'iy intelektning ta'limdagi o'rni haqida

Bannerda oliy ta’lim va sun’iy intellekt uyg‘unligi tasvirlangan. Chap tomonda noutbuk orqali sun’iy intellekt vositalaridan foydalanayotgan talaba, markazda sun’iy intellektni ifodalovchi raqamli inson miyasi va uning atrofida baholash, tahlil, fikr-mulohaza hamda ta’limga oid belgilar aks etgan. O
Bannerda oliy ta’lim va sun’iy intellekt uyg‘unligi tasvirlangan. Chap tomonda noutbuk orqali sun’iy intellekt vositalaridan foydalanayotgan talaba, markazda sun’iy intellektni ifodalovchi raqamli inson miyasi va uning atrofida baholash, tahlil, fikr-mulohaza hamda ta’limga oid belgilar aks etgan. O

OLIY TA’LIMDA TALABALAR BILIMINI SHAKLLANTIRUVCHI BAHOLASHDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINING O’RNI VA ULARNING AMALIYOTGA JORIY ETISH USULLARI

**Komilova Nozanin

Navoiy davlat universiteti talabasi

Email: komilovanozanin2008@gmail.com

Tel: +99893842 55 52

Orcid ID: 0009-0003-3428-550X

Ilmiy rahbar: M.N.Nadjmiddinova, Navoiy davlat universiteti katta o`qituvchisi**

havola

Annotatsiya

Ushbu maqolada oliy ta’limda talabalarning bilimini shakllantiruvchi baholashda sun’iy intellektning o’rni va uni ta’limga tatbiq etish usullari yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida talabalar bilimini mustahkamlash, xatolarini aniqlash va ularni tuzatish bo’yicha fikr-mulohazalar berish haqida ko’rib chiqilgan. Maqolada sun’iy intellekt vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanish usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari haqida bayon etilgan.

Kalit so’zlar: Sun’iy intellekt, zamonaviy ta’lim, shakllantiruvchi baholash,oliy ta’lim,ta’lim samaradorligi,tanqidiy fikrlash.

Kirish

Hozirgi davrda sun’iy intellekt texnologiyalari turli sohalarda jadal sur’atlarda rivojlanayotgani kabi ta’lim tizimida ham muhim o’rin egallamoqda. Ayniqsa, oliy ta’limda talabalar bilimini rivojlantirishga qaratilgan baholashda sun’iy intellektdan foydalanish va uni amaliyotda tatbiq etish usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shakllantiruvchi baholash tizimida talabaning dars davomida mavzuni qay darajada tushunganini aniqlash, xatolarini o’z vaqtida tahlil qilish keyingi o’quv faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. An’anaviy sharoitda katta guruhdagi har bir talabaga muntazam va batafsil tushuntirish o’qituvchi uchun ko’p vaqt talab qiladi. Sun’iy intellekt vositalari ushbu jarayonning ayrim qismlarini tezlashtirishi va talabalarning har biri bilan alohida ishlash, ularning bilim darajasiga mos topshiriqlar berish imkoniyatini yaratadi. Xususan, ChatGPT, Elicit kabi ilg‘or sun’iy intellekt vositalari ilmiy izlanishlar jarayonida talabalar uchun muhim yordamchi vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Sun’iy intellektning shakillantiruvchi baholashdagi o’rni:

Shakllantiruvchi baholash ta’lim jarayonida talabalarning bilim darajasini aniqlash, kamchiliklarini tushunish va ularni bartaraf etishga yordam beradigan muhim jarayondir. Talabalarning bilim ko’rsatkichlari oshishining asosiy sababi bu ularning o’z xatolarini o’rganishda va bu uchun eng samarali usul zamonaviy texnologiyalar hisoblanadi. Masalan, Chatgpt , ielts.gg kabi ko’plab AI vositalari testlardan so’ng faqat tog’ri yoki noto’g’ri javobni ko’rsatish bilan cheklanmay, xatolarni izchil tahlil qilish, o’rganish zarur bo’lgan mavzular ro’yxatini ham beradi, Elict esa ilmiy maqolalarni izlash va tadqiqotlar bilan ishlashda foydalidir. Black va Wiliam (1998) o‘z tadqiqotlarida talabalar bilim olishi jarayonida muntazam fikr-mulohaza berish o‘quv natijalarini yaxshilashga yordam berishini ta’kidlagan. Bu fikrdan kelib chiqib, sun’iy intellekt vositalaridan talabalarning xatolarini tushuntirish va bilimlarini mustahkamlashda yordamchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Bundan tashqari, sun’iy intellektdan foydalanish imtihon jarayonida baholashning xolisligi va aniqligini oshirib, inson omili sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni kamaytiradi.

Sun’iy intellekt vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanish bir qator qulayliklar yaratishi bilan birga, ayrim muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, sun’iy intellekt vositalari ba’zan noto’g’ri ma’lumot berish yoki tarix, din, pisixologiya kabi chuqurlashtirilgan mavzularni yetarlicha aniq tahlil qilib berolmasligi mumkin. Bundan tashqari talabalarning AI vositalariga haddan ortiq tayanib qolishlari ularning mustaqil fikrlay olish ko’nikmalarini pasaytirishi yoki oson mashg’ulotlarda yo’l qo’ygan xatolarini o’zlari emas balki AI vositalari orqali tahlil qilishga o’rganib qolishlariga olib kelishi mumkin. Bu esa zamonaviy texnologiyalargan nisbatan qaramlikni keltirib chiqaradi. Tian va Zhang (2025) tomonidan 580 nafar universitet talabasi ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda sun’iy intellektga qaramlik va tanqidiy fikrlash ko‘rsatkichlarining pasayishi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan. Masalan, talaba topshiriqlarni mustaqil tahlil qilish o‘rniga doimo AI tayyorlagan javoblarga tayansa, o‘z fikrini mustaqil shakllantirish imkoniyati kamayishi mumkin.

Oliy ta’limda sun’iy intellekt vositalarini samarali joriy etish uchun ularni dars mashg‘ulotlari va talabalar bilimini baholash jarayoniga bosqichma-bosqich tatbiq etish lozim. Jumladan, o‘qituvchilar ChatGPT yordamida mavzuga oid testlar, amaliy topshiriqlar va qo‘shimcha mashqlar tayyorlashlari mumkin. Shuningdek, talabalar uchun ma’lum vaqt davomida AI vositalaridan foydalanish bo’yicha alohida dars soatlari tashkilashtirilishi kerak. Masalan, Singapur Milliy universiteti 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab birinchi kurs talabalari uchun sun’iy intellektdan foydalanishga bag‘ishlangan majburiy kurs joriy etilgan. Kurs davomida talabalar generativ sun’iy intellekt vositalaridan o‘qish va topshiriqlarni bajarishda samarali foydalanish, ular bergan ma’lumotlarni tanqidiy baholash hamda natijalarni tekshirishni o‘rganadilar. Agarda unversitetlarda AI yordamida talabalar bilimini muntazam kuzatib borish tizimini joriy etish yani bu usulda talabalar har hafta qisqa testlarni bajaradilar, sun’iy intellekt esa ularning natijalarini tahlil qilish orqali qaysi mavzularda qiyinchiliklarga duch kelayotganini aniqlashga yordam beradi. O‘qituvchi ushbu natijalardan foydalanib, keyingi mashg‘ulotlarda talabalar ko‘proq qiynalayotgan mavzularga e’tibor qaratishi va ularga qo‘shimcha topshiriqlar berishi mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, oliy ta’limda talabalar bilimini shakllantiruvchi baholash jarayonida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish uchun muhim imkoniyatlarni yaratadi.Agarda bu amaliyotga joriy etilsa ta’lim sohasida ko’plab o’zgarishlar yaratishi mumkin. Shu bilan bir qatorda foydalanuvchilar orasida AI kabi zamonaviy texnologiyalardan to’g’ri foydalanish bo’yicha amaliy va naziriy dars soatlari tashkil etilishi zarur deb hisoblayman. Natijada, sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalanish oliy ta’lim sifatini oshirish va talabalar bilimini yanada samarali shakllantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Tian, J., & Zhang, R. (2025). Learners' AI dependence and critical thinking: The psychological mechanism of fatigue and the social buffering role of AI literacy. Acta Psychologica, 260, Article 105725. https://doi.org/10.1016/j.actpsy.2025.105725⁠

2. Black, P., & Wiliam, D. (1998). Assessment and Classroom Learning. Assessment in Education: Principles, Policy & Practice, 5(1), 7–74. https://doi.org/10.1080/0969595980050102

3. National University of Singapore. (2026). Fostering an AI-fluent generation: NUS equips students to use AI well. https://news.nus.edu.sg/fostering-an-ai-fluent-generation-nus-equips-students-to-use-ai-well/

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Komilova Nozanin Jonibek Qizi

1-bosqich talabasi · Filologiya talabasi · Kitobxon

Hoziroq ariza qoldirish