Liderlar Online3 daqiqa

Vafo va matonat kuyçisi

Zulfiyaxonim hayoti va ijodi

Özbek xalqining sevimli şoirasi, taniqli jamoat arbobi va jurnalist Zulfiya Isroilova

nafaqat betakror şe’riyati, balki yuksak insoniy matonati bilan ham milliy

adabiyotimiz tarixida öçmas iz qoldirgan. Uning bosib ötgan hayot yöli va ijodiy

merosi bugungi yoşlar, xususan, ilm va kasb egallayotgan talaba-qizlar uçun

hamişa ibrat maktabi bölib xizmat qiladi.

Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toşkent şahrining qadimiy Degrez

mahallasida, temirçi Isroil aka oilasida dunyoga keldi. Hunarmand otasining

mehnatsevarligi va xalq qöşiqlari, dostonu ertaklarni yoddan bilgan onasining

sözga şaydoligi bölajak şoiraning qalbida adabiyotga muhabbat uyğotdi.

U 1922–1931-yillarda maktabda, söngra 1931–1934-yillarda Xotin-qizlar

pedagogika bilim yurtida tahsil oldi. Ilk şe’ri 1931-yilda “Işçi” gazetasida bosilib

çiqdi. Bor-yöği 17 yoşida e’lon qilgan “Hayot varaqlari” (1932) nomli birinçi

şe’rlar töplami bilan adabiyot maydoniga dadil kirib keldi. Keyinçalik Özbekiston

Fanlar akademiyasi qoşidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasida (1935–1938)

öqib, ilmiy-ijodiy salohiyatini yanada boyitdi.

Zulfiya ijodni matbuot va naşriyot işi bilan çambarças boğladi. U 1938-yildan

boşlab Yoşlar va ösmirlar adabiyoti naşriyotida muharrir, Özbekiston davlat

naşriyotida bölim mudiri lavozimlarida işladi.

1950–1953-yillarda “Özbekiston xotin-qizlari” (keyinçalik “Saodat”) jurnalida

bölim mudiri, 1953-yildan 1980-yillarning örtalariga qadar esa qariyb öttiz yil

davomida uşbu jurnalning boş muharriri sifatida samarali mehnat qildi. Jurnal

sahifalarida özbek ayollarining jamiyatdagi örni, ma’rifati va haq-huquqlari

masalasini izçil yoritib bordi.

Şoira taqdirida hayotning oğir sinovlari ham kam bölmadi. 1935-yilda taniqli

özbek şoiri Hamid Olimjon bilan turmuş qurgan Zulfiyaxonim 1944-yilda turmuş

örtoğining bevaqt vafotidan söng katta judolikka uçradi. Biroq u tuşkunlikka

tuşmadi, umrining qolgan qismini farzandlarini voyaga yetkazişga, Hamid Olimjon

nomini uluğlaşga va uning boy adabiy merosini naşr etişga bağişladi. Şoirning

“Semurğ” dostoni asosida sahna asari hamda “Zaynab va Omon” operasi

librettosini yaratdi.

Uruş yillarida naşr etilgan “Uni Farhod der edilar” (1943), “Hijron kunlarida”

(1944) va “Hulkar” (1947) töplamlari şoira ijodini yangi bosqiçga olib çiqdi.

Uning “Bahor keldi seni söroqlab”, “Sensiz”, “Oydinda”, “Mening Vatanim” kabi

şe’rlari millionlab kitobxonlar qalbidan joy oldi. Keyinçalik yaratilgan “Öylar”

(1965), “Quyoşli qalam” (1970), “Visol” (1972), “Xotira siniqlari” (1974), “Yillar,

yillar...” (1975) kabi şe’riy töplam va dostonlari özbek adabiyotining oltin fondiga

kirdi.

Zulfiyaxonim faqat öz yurtimizdagina emas, balki xalqaro maydonda ham tinçlik

va döstlik elçisi sifatida tanildi. U Osiyo va Afrika yozuvçilarining harakatida faol

qatnaşib, Hindiston, Misr, Yaponiya, Yugoslaviya, Şri-Lanka kabi mamlakatlarda

böldi. 1956-yilgi Dehli konferensiyasi taassurotlari asosida yaratilgan “Muşoira”

(1958) şe’ri şoiraga katta şuhrat keltirdi.

Uning şe’rlari rus, ingliz, nemis, hind, arab, fors va boşqa köplab tillarga tarjima

qilindi. Öz navbatida Zulfiya ham A. Puşkin, M. Lermontov, N. Nekrasov, Lesya

Ukrainka, Amrita Pritam kabi jahon şoirlarining asarlarini özbek tiliga mahorat

bilan ögirdi.

Xalqimiz va davlatimiz atoqli şoiraning xizmatlarini munosib qadrladi. U

Özbekiston xalq şoirasi (1965), Mehnat Qahramoni (1984) unvonlari, Hamza

nomidagi Davlat mukofoti (1970), “Döstlik” ordeni, şuningdek, xalqaro

“Javoharlal Neru” (1968) va “Nilufar” (1971) mukofotlari bilan taqdirlandi.

Zulfiya Isroilova 1996-yil 1-avgustda 81 yoşida Toşkentda vafot etdi. Bugungi

kunda mamlakatimizda iqtidorli qizlar uçun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti

ta’sis etilgan, poytaxtimizda esa Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim haykali qad

rostlagan. Oliygohlarda, jumladan, tibbiyot universitetimizda ham şoira ijodiga

bağişlangan klublar va stipendiyalar yoş avlodni vatanparvarlik, sadoqat va ilmga

muhabbat ruhida tarbiyalaşda davom etmoqda.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Rixsivoyeva Habibaxon Rustam Qizi

Stomatologiya talabasi · Yosh tadqiqotchi · Xalqaro antologiya ishtirokchisi · Ijodkor yozuvchi · Guruh sardori

Hoziroq ariza qoldirish