Liderlar Online1 daqiqa
Volontyorlik-ezgulik sari tashlangan qadam
Kichik yordam, katta o‘zgarishlar va insoniyatga xizmat qilish sari boshlangan ezgu yo‘l. 🤍

Volontyorlik — ezgulik sari tashlangan qadam
Bugungi kunda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligi, tashabbuskorligi va ijtimoiy mas’uliyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, volontyorlik faoliyati yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon etishi, yangi tajribalar orttirishi va jamiyatga foyda keltirishi uchun muhim imkoniyatlardan biriga aylanmoqda.
Volontyorlik — bu shunchaki beg‘araz yordam emas, balki insoniylik, mehr-oqibat, fidoyilik va hamjihatlikning yorqin namunasidir. Volontyor bo‘lish uchun katta mablag‘ yoki alohida imkoniyat talab qilinmaydi. Ba’zan bir insonning samimiy tabassumi, yaxshi so‘zi yoki kichik yordami ham kimningdir hayotida katta o‘zgarish yasashi mumkin.
Menimcha, volontyorlikning eng go‘zal jihati — inson o‘zidan tashqaridagi hayotga ham befarq bo‘lmaslikni o‘rganishidir. Chunki haqiqiy ko‘ngillilik mukofot yoki e’tirof uchun emas, qalbdagi ezgulik istagi tufayli amalga oshiriladi.
Muallif
Qurbonova Shahrizoda Akromjon Qizi
O‘zbek tili talabasi · Volontyor · Grafik dizayner · Kitobxon · Voleybol ishqibozi
