Liderlar Online1 daqiqa
Zamonaviy yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati

ZAMONAVIY YOSHLARNING JAMIYATDAGI O‘RNI VA MAS’ULIYATI
Bugungi kunda yoshlar jamiyat taraqqiyotining muhim harakatlantiruvchi kuchidir. Mamlakat kelajagi yoshlarning bilimi, dunyoqarashi, tashabbuskorligi va mas’uliyatiga bevosita bog‘liq. Shu sababli ularning har tomonlama rivojlanishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni 5-moddasida yoshlarning intellektual, ma’naviy va jismoniy kamolotiga ko‘maklashish, ular uchun sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Bu esa yoshlarning bilim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun muhim huquqiy asos hisoblanadi.
Zamonaviy yoshlar kitobxonlik, xorijiy tillarni o‘rganish, texnologiyalardan samarali foydalanish va mustaqil fikrlash orqali o‘z bilimlarini boyitishlari lozim. Shuningdek, liderlik, jamoa bilan ishlash va tashabbus ko‘rsatish ko‘nikmalari ham ularning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Haqiqiy lider o‘zining bilimi, odobi va amaliy ishlari bilan boshqalarga namuna bo‘ladi.
Menimcha, har bir yosh o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, unga erishish yo‘lida muntazam harakat qilishi kerak. Chunki bugungi intilishlar ertangi yutuqlarning poydevoridir. Bilimli, faol va mas’uliyatli yoshlar jamiyatning taraqqiyoti hamda mamlakat kelajagiga munosib hissa qo‘shadilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni, 2016-yil 14-sentabr, O‘RQ-406-son, 5-modda.
2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — LexUZ.
Muallif
Murodilloyeva Gulnoza Muxtor Qizi
Bakalavr 1-kurs talabasi · O‘zbek tili va adabiyoti · Kitobxon · B+ va B1 sertifikat sohibasi · Liderlikka intiluvchi
