
Yosh lider
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Abdiganiyeva Nafisa Asliddin qizi 2007-yil 9-oktabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida yashaydi. Hozirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti Biologiya fakultetining 2-kurs talabasi.
Nafisa o'z bolaligidagi tarbiya va ta'limi uchun onasiga katta minnatdorchilik bildiradi. Onasi ularning o'qishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. U bolaligidan o'qishga va bilim olishga qiziqar edilar. Nafisaning o'smirlik davridan boshlab, bilim va o'z-o'zini rivojlantirishga bo'lgan ishtiyoqi shakllana boshlagan.
Nafisa hozirgi kunda samarqand davlat universitetining Biokimyo institutida o'qimoqda. 2-kurs talabasi sifatida u biologiyaga qiziqadi va kimyo fanidan sertifikatga ega. Marketing sohasida ish yuritishni o'zida qabul qilgan, u har doim yangi bilimlarni izlaydi va ilg'or g'oyalarni hayotga tatbiq etishga intiladi.
Bo'sh vaqtida Nafisa badiiy kitoblar o'qishni, yangi bilimlarni kashf etishni va kompyuter sohasiga qiziqishni ma'qul ko'radi. U uchun har bir yangi tajriba - o'sish va o'rganish imkoniyatidir. Shu bilan birga, Nafisa liderlik qobiliyatlariga e'tibor beradi va o'z jamoasiga namuna bo'lishini muhim deb biladi.
Nafisaning hayotiy shiori: «Kichik qadamlar katta natijalarga olib boradi». Bu prinsipi unga har bir vaziyatdan saboq olish va harakat qilishda motivatsiya beradi. U har doim o'z ustida ishlashga intiladi va o'z maqsadlarini amalga oshirishga ishonadi.
Nafisaning kelajakdagi rejalari magistraturada chet elda o'qish va o'z sohasining mutaxassisi bo'lish. U o'z maqsadlariga erishishda qat'iyatli va sabrli bo'lishni ta'kidlaydi. Boshqa insonlarga mas'uliyatli bo'lish, qiyinchiliklardan qo'rqmaslik va maqsad sari harakat qilishni o'rgatishni maqsad qilmoqda.
Nafisaning hayoti va maqsadlari yoshlar uchun ilhom manbai bo'lib xizmat qiladi. Uning ishtiyoqi va qat'iyati kelajakda ko'p muvaffaqiyatlarga erishishiga yordam beradi. Nafisa boshqalarga o'z maqsadlarini amalga oshirishda mas'uliyatli va qat'iyatli bo'lishni o'rganishni tavsiya etadi.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.