
Promo kod
Abdullayeva Gulsanam Dilshod Qizi taklifi bilan ariza topshiring.
Shu kod bilan ariza →Liderlar.uz
O‘zbek tili va adabiyoti talabasi|Milliy sertifikat sohibasi
Abdullayeva Gulsanam Dilshod qizi — 2006-yil 17-noyabrda Jizzax shahrida tug‘ilgan. Oilada 3 farzandning o'rtanchasidir. Otasi Egamberdiyev Dilshod 1975-yil 11 noyabrda Samarqand viloyati Qo'shrabot tumanida tug'ilgan. Yurtimizni qo'riqlovchi serjant sifatida harbiy hizmatda faoliyat yuritgan. Onasi Eshbakova Nargiza 1978-yil 30-noyabrda Samarqand viloyati Qo'shrabot tumanida tug'ilgan. Hamshiralik bo'yicha tibbiyot texnikumini tamomlagan. "Otam harbiy xizmatdan nafaqaga chiqqanidan so‘ng oilamiz bilan Jizzax shahridan Samarqand viloyatiga ko‘chib kelganmiz.
Shu vaqtga qadar Jizzax shahrida joylashgan, Ittifoq mahallasidagi G'afur G'ulom nomli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olganman. Samarqandga ko‘chib kelganimizdan so‘ng o‘qishimni Samarqand viloyatida davom ettirganman. Onam doimo menga: «Ilmga qancha mablag‘ sarflasang ham, hech qachon yutqazmaysan», deb ta’kidlab kelganlar. Ularning ushbu hayotiy o‘gitlari menda ilm olishga, bilimimni oshirishga va doimiy izlanishda bo‘lishga bo‘lgan intilishni shakllantirgan. Onamning bu so‘zlari bugungi kungacha hayotiy shiorlarimdan biri bo‘lib kelmoqda. " ,-deydi u. Gulsanam hozirda nazorat va imkoniyatlardan foydalanib, o‘z maqsadlariga erishishda davom etmoqda.
Abdullayeva Gulsanam Dilshod qizi 2006-yil 17-noyabrda Jizzax shahrida tug'ilgan. O‘smirligini shu joyda o‘tkazgan. Hozirda Samarqand viloyati Qo'shrabot tumanida istiqomat qiladi. Lekin shunday bo'lishidan qat'iy nazar bolaligining kop qismi qishloqda Samarqand viloyatida o'tgan. "Bolaligimning katta qismi Samarqandda, buvimning xonadonida o‘tgan. Bolaligimdan mehnatga mehr qo‘yib ulg‘ayganman. Buvimning hovlisida uzum, olma, gilos kabi mevalarni terishda, shuningdek, uy yumushlarida buvim va yangalarimga doimo yordam berardim. Bu jarayonlar menda mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, oilaparvarlik va mas’uliyat kabi fazilatlarning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan
"-deydi. Ota-onasi ham uning tarbiyasi va ta’limida muhim rol o‘ynagan, bokira va izlanish ruhida o‘sgan. Bolaligidan o‘qishga qiziqishi sababli, ko‘p vaqtini kitob o‘qishga sarflagan.
U 2024-yilda Samarqand viloyati Qo'shrabot tumanidagi 48-umumta'lim maktabini tamomlaganidan so‘ng, o‘qishini davom ettirish uchun 2025-yil Tashkent Perfect Universityga hujjat topshirgan. Bu yerda "Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili" yo‘nalishini tanlagan. 1-kursni tamolanishi bilan 2026-yil Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetiga "O'zbek tili va adabiyoti" yo'nalishiga test asosida o'qishini ko‘chirgan va hozirda o‘z yo‘nalishida tahsil olishda davom etmoqda.
2025-yilda "O‘zbek tili va adabiyoti" fanidan C+ darajasidagi Milliy sertifikatni olgan. 2026-yilda MDH miqyosida muhim tanlovlarda "FIDOYI INSON" nominatsiyasi sovrindori bo‘lib, bu muvaffaqiyat uni ilmiy sohada yuqori baholanishini anglatadi. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Qizlar akademiyasi" volontyori sifatida faoliyat yuritmoqda.
Gulsanamning hayotiga kattaroq ta’sir ko‘rsatgan insonlari ota-onasidir. Ularining mehr-muhabbati va tarbiyasi uning hayotidagi eng katta tayanchdir. Gulsanam eng sevimli hayotiy shiori sifatida: «Tinimsiz o‘qing, tinimsiz mehnat qiling, kamroq gapirib, ko‘proq natija ko‘rsating!» deb biladi. Bu shior uning hayotida muhim yo‘l-yo‘riq hisoblanadi.
Gulsanam bo‘sh vaqtlarda mutolaa qiladi, yangi bilimlar olishga intiladi va o‘z ustida ishlashga e’tibor beradi. Pianino chalishni orzu qilgan, bu orzusi asta-sekin amalga oshmoqda. Shuningdek, mashhur turk yozuvchisi Fotih Duman bilan uchrashib, uning dastxatini olish orqali adabiyotga qiziqishi yanada oshgan.
Gulsanam kelajakdagi maqsadlaridan biri — ilm-fan va ijod yo‘nalishida yetakchi bo‘lish. U Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘lishni maqsad qiladi. Kelajakda yoshlar uchun ilhom berish, ularning ishonchini mustahkamlash, o‘z orzularini amalga oshirishda yordam berishni va xalqaro miqyosda yurtimiz sharafini himoya qilishni mo‘ljallamoqda. Hozirda o'z shaxsiy kitobi ustida izlanmoqda. Kelajakda ushbu kitobni nashr qildirish muhim orzularidan biri.
Abdullayeva Gulsanam Dilshod qizi o‘zining bilim olishi, tarbiyasi, ijtimoiy faoliyati orqali yoshlar uchun ilhom manbaiga aylanishni maqsad qilmoqda. Uning yorqin kelajagi, uslubiy izlanishlari va ijtimoiy xizmatdagi roli zamonaviy jamiyatda o‘z o‘rnini qozonishida muhim ahamiyatga ega.