
Yosh lider
Reytingdagi o'rni
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Amirov Beksulton Xudoyberdi O'g'li 2005-yil 12-sentyabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. U Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashaydi. Hoziroq tibbiyot sohasida ta'lim olib, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.
Amirov Beksulton Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 77-DIMIda a’lo baholarga o‘qigan. Uning bilim darajasi yuqori bo‘lib, o‘qituvchilari tomonidan xar doim yuqori baholarga ega bo‘lgan. U bilimlarni tez o‘zlashtirishi bilan ajralib turardi.
U Toshkent davlat Tibbiyot universitetida tahsil oladi. Beksulton tibbiyot sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish uchun qattiq o'qib, ko'plab amaliyotchilarni o'rgatishni rejalashtirmoqda.
Beksulton 2023-yildan Toshkent viloyati Zangiota tumanida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini olib boradi. U 2018, 2019, 2020 va 2021-yillarda rus tili, tarix hamda geografiya fanlari bo‘yicha tuman bosqichidagi olimpiadalarida faxrli o‘rinlarni egallagan. Ushbu muvaffaqiyatlari uni yanada ko‘proq ishlashga ilhomlantirmoqda.
U 2024-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan. Xizmat paytida qo‘l jangi va dzyudo musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan.
Beksulton hayotiy prinsiplarini to'g'ri belgilab olgan. Uning shiorlaridan biri: «Hech qanday natijaga mehnat, harakat va, eng muhimi, inson o‘ziga ishonmasa, erisha olmaydi». Bu fikrlar uni yanada motivatsiya qiladi.
Kelajakda Beksulton yetuk bosh miya jarrohi bo‘lib, ko‘plab insonlarni og‘ir ahvoldan hayotga qaytara olishni maqsad qilgan. U boshqalarga o‘zidagi bilimni berish va qanday yordam kerak bo‘lsa, albatta yordam berishga tayyor.
Beksulton bo'sh vaqti bilan futbol, kurash, qo'l jangi va dzyudo bilan shug‘ullanadi. Ujarrohlik amaliyotlarini YouTube orqali kuzatadi va o'rganadi. Shuningdek, u o'z imkoniyatlarini yanada oshirishga intiladi.
Amirov Beksulton Xudoyberdi O'g'li o'zining qizg'in ezgu maqsadlari va yutuqlari bilan kelajakka ishonch bilan qadam qo‘ymoqda. U yanada ko‘proq bilim olmoqchi va jamiyatga foydali bo‘lishni maqsad qilgan.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.