
Anora Bagirova Akmal Qizi 2007-yil 28-noyabr kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida tavallud topgan. U hozirda Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashaydi.
Anora Bagirova o'z ta'lim yo'lini 2014-yildan boshlab, Samarqand shahridagi 72-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davom ettirdi. Maktabda tahsil olib, imtiyozli shahodatnomaga ega yaxshi natijalar bilan tamomladi. Maktabni a’lo baholar bilan tamomlagani munosabati bilan Saida Shavkatovna tomonidan oltin medal bilan taqdirlandi. Ushbu yutuq o'zining mehnati, intilishi va bilim sohasidagi mas’uliyati bilan erishilgan.
Hozirda Anora O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Tergov faoliyati ta’lim yo‘nalishida davlat granti asosida tahsil olayotgan 2-kurs talabasi hisoblanadi. Akademiya davrida Anora, ilmiy izlanishlar qilish, qonunlarni o'rganish bilan birga, muhokama va munozara klublarida faol ishtirok etmoqda.
Anora Bagirova “Kelajak ta’lim” o‘quv markazi yordamida o'z tashabbusi bilan huquq fanidan to‘garak tashkil etdi. Unga abituriyentlarda nazariy va amaliy masalalarga tayyorgarlik ko'rish hamda kirish imtihonlariga tayyorgarlik qilish bo'yicha mashg‘ulotlar olib borgan. 2025-yilga kelib, Anora talabalari orasida 2-o‘rinni egallab, yaxshi natijalar ko'rsatdi.
Uning yuqori natijalari va bilimga bo'lgan intilishi ko'plab tan olinishlarga olib keldi. 2025-yilda Mudofaa vazirligi tomonidan “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Anoraning faoliyatini yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish va jamiyatdagi faolligini ta'minlashdagi hissasi yuksak baholangan.
Anora Bagirova adabiyotga va she'riyatga qiziqadi hamda o'z muallifligidagi she'rlarni yozib kelmoqda. Uning she’riy ijod namunalari 2026-yilda Toyloq tumani “Qo‘shchinor” gazetasida chop etilgan. U shuningdek, xalqaro jurnallarda maqolalar chop ettirib, ilmiy izlanishlarini e'lon qilishda davom etmoqda.
Anoraning kelajakdagi asosiy maqsadi Huquqni muhofaza qilish akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlab, tergovchilik kasbidan boshlash, kelgusida O‘zbekiston Respublikasining ilk Bosh prokurori xonim bo'lish hamda qonun ustuvorligini ta'minlashga o'z hissasini qo'shishdan iboratdir.
Anora Bagirova Akmal Qizi o'zining ilmga bo'lgan mas’uliyati, qudrati va yutuqlari bilan intilishni davom ettiradi. U yolg'izlikdan qo'rqmay o'z orzulariga qat'iyat bilan intilyapti. Uning taklif qilishi va o'ziga ishonchi vaqtincha natijalar emas, balki kelajakda yanada yuksak marra gacha yetaklashi mumkin.