Kirish
Arzikulova Dildora Obidjon qizi 2007-yil 25-iyunda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. U hozirda Samarqand davlat universitetining Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati institutida filologiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda va ingliz tili fanidan bolalar guruhiga dars beradi. Yosh ijodkor sifatida 2020-yilda uning "Fasllar" nomli she’riy to‘plami chop etilgan va u ingliz tili fanidan B2 sertifikatiga ega.
