Asila universitet miqyosida “Kitobxon qiz”, “Zulfiyaxonim izdoshlari”, “Balli qizlar” va “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovlari va “Eng yaxshi ijodiy ishi” tanlovida faol ishtirok etib, birinchi o‘rinlarni egallagan. Shuningdek, 2024-yilda “Yil volontyori” va 2025-yilda “Yil talabasi” sifatida e’tirof etilgan.
Faol jamoatchilik faoliyati va tashabbuskorligi uchun e'tirof etilib, faxriy yorliq, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan. Ilmiy-ijodiy yo‘nalishda ham faol bo‘lib, xorijiy nashriyotlarda antologiyalar, kitoblar va jurnallarda maqolalari chop etilgan.
Ayni vaqtda u Milliy tiklanish demokratik partiyasi huzuridagi “Yoshlar qanoti”, “Kelajak EVH”, “Oltinqanot” volontyorlik jamoasi, “Lider qizlar” va “Qizlar ovozi” klubida koordinator sifatida faoliyat yuritadi. U ko‘plab jamoalarning rahbari sifatida turli bahs-munozaralar, intellektual va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etib, yoshlarning faolligini oshiradi.