Kirish
Axatova Marjona Axror qizi 2007-yil 5-iyulda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Hozirda u Samarqand davlat universitetining Markaziy Osiyo xalqlari, tillari va madaniyati institutida Filologiya va tillarni o‘qitish: ona tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha 2-bosqich talabasi sifatida tahsil olmoqda. Marjona, ta‘lim jarayonida va tashqi faoliyatlarda o‘zining faol ishtiroki bilan nafaqat o‘zi, balki jamiyatga xizmat qilishga ham intilmoqda. Uning barcha muvaffaqiyatlari oila va ustozlariga taalluqlidir.
