Kirish
Aysel Abdullayeva Mamudovna 2004-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U o‘rta ta’limni 168-maktabda olgan. Shu bilan birga, 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida xoreografiya yo‘nalishini tamomlagan. Aysel ta’lim va bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, ijtimoiy faolligi, sportga bo‘lgan qiziqishi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan ajralib turadi. Yoshligidan turli fan olimpiadalari, tanlovlar va ilmiy loyihalarda faol ishtirok etib, qator yutuqlarga erishgan. Bugungi kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura talabasi sifatida ta’limini davom ettirmoqda.
