Kirish
Aziza Shodmonova Davron qizi 2008-yil 20-martda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. U hozirda Sirdaryo viloyatida yashaydi, o‘qishi Toshkent shahrida bo‘lgani uchun Toshkent shahrida ham bo‘ladi.

Yosh lider
Reytingdagi o'rni
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Aziza Shodmonova Davron qizi 2008-yil 20-martda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tug‘ilgan. U hozirda Sirdaryo viloyatida yashaydi, o‘qishi Toshkent shahrida bo‘lgani uchun Toshkent shahrida ham bo‘ladi.
Aziza Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, tibbiyot sohasida ta’lim olmoqda. U Sayxunobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabini a’lo baholarga bitirgan. Tibbiyotga bo‘lgan qiziqishi 8-sinfligida paydo bo‘lgan va bu maqsadiga aylangan. Maktabdagi ustozlarining unga bildirgan ishonchi va bergan bilimlari uning bu sohaga qiziqishini oshirgan.
Aziza beshta fan bo‘yicha sertifikat egasi: biologiya va kimyo fanlaridan A+ sertifikatlarga, matematika, tarix hamda ona tili fanlaridan darajali sertifikatlarga ega. Maktab davridayoq turli xil olimpiadalarda muvaffaqiyatli qatnashgan.
Aziza hayotida ota-onasining o‘rni alohida. Ularning farzandlari uchun qilayotgan zahmatli va beminnat mehnatlari uni doim ruhlantiradi. Dadajonining “Qizim, sen kuchlisan, uddalaysan” degan so'zlari uning dadil qadam tashlashiga sabab bo‘ladi.
Uning hayotiy prinsipi: “Hozir sen qo‘lingdan kelganini qil, natija o‘zi vaqti bilan keladi.” Bo‘sh vaqtida til o‘rganishga harakat qiladi saylanadi. Uning fikricha, lider uchun adolatlilik, bilimga chanqoqlik, tashabbuskorlik, intiluvchanlik, turli sinovlarga chidamlilik va ruhiy bosiqlik muhim fazilatlardir.
U kelajakda yurtboshimiz berayotgan imkoniyatlardan foydalanib, o‘z shaxsiy klinikasini ochish va xalqimizga sifatli xizmat ko‘rsatishni rejalashtiradi. Shuningdek, yurt ravnaqi uchun turli ilmiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan.
Aziza Shodmonova o‘zining intiluvchanligi, bilimga bo‘lgan ishtiyoqi va kutilayotgan yangi imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga tayyorligi orqali yosh avlodga namuna bo‘lmoqda. O‘zbekistonning tibbiyot sohasida munosib hissa qo‘shish va xalqimizga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida yurtimiz tarixida o‘z izini qoldirishni istaydi.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.