
Promo kod
Bozorova Rayhona Xusniddinovna taklifi bilan ariza topshiring.
Shu kod bilan ariza →Bozorova Rayhona Xusniddinovna 2008-yil 15-iyulda Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahrida yashaydi va shaxsiy rivojlanishi va ta’limi uchun ko’plab imkoniyatlardan foydalanib kelmoqda. Rayhona ta’lim olishi davomida adabiyot va ingliz tiliga bo’lgan qiziqishini rivojlantirib, hozirgi kunga kelib oliy ma’lumotga intilmoqda.
Rayhona 4-sinfdan boshlab fanlarga qiziqishni rivojlantira boshladi. Ota-onasi, ayniqsa, otasi Xusniddin uning o‘qishiga barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan va bu uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi. U 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga va keyinchalik ixtisoslashtirilgan litseyda tahsil oldi. Bola paytidan bobosi unga turli xil kitoblar olib berar edi va bu ham uning kitobga bo‘lgan muhabbatini yanada kuchaytirdi. Shunday qilib, Rayhona o‘zining ilk she’rlarini to‘plab, ularni 4-sinfda gazetada nashr qilgan.
Ushbu faoliyati davomida Rayhona ko'plab tanlovlarda ishtirok etgan. U kitobxonlik tanlovlarida doimiy qatnashib, tuman bosqichidan o‘tishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Shuningdek, shaxmat bo‘yicha maktablararo musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Rayhona xalqaro darajada tan olinadigan CEFR darajasini olinishi natijasida, ingliz tilidagi bilimlarini yanada mustahkamlamoqda. Bundan tashqari ona tili va tarixdan ham milliy sertifikatni olgan.
Rayhonaning hayotidagi eng muhim voqealardan biri, til imtihonidan kutganidan past natija olib, u qiyin vaziyatga tushib qolganida yuz berdi. Dastlab, bu holat unga qo‘rquv va tushkunlik keltirgan bo‘lsa-da, otasi uning orzu-maqsadlariga erishishi uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etdi. O‘z oilasi va atrofidagilarning ishonchsiz fikrlariga qaramay, u o'z kuchlarini ko'rsatdi va O‘zMPU talabasi bo‘lish maqsadiga erishdi.
Rayhona uchun hayotining maqsadi boshqa insonlar uchun ilhom manbai bo‘lishdir. Uning shiori: «To‘siqlar va sinovlar — bu taslim bo‘lish uchun bahona emas, balki kuchliroq bo‘lish uchun imkoniyatdir». U har qanday qiyinchilikka duch kelganida, buni o‘zini yanada mustahkamlash uchun bir imkoniyat sifatida qabul qiladi.
Rayhonaning kelajakdagi maqsadlaridan biri Amerikada talab yuqori bo‘lgan universitetda ta’lim olish va xalqaro tajriba orttirishdir. U bu bilim va ko‘nikmalarini yurtimiz ta’limi va yoshlar kamolotiga tatbiq qilishni niyat qilgan. Bu uning eng muhim maqsadi hamda oilasi va ota-onasining ishonchini oqlashdir.
Rayhona boshqalarga qiyinchiliklar va toʻsiqlar bilan kurashishda aslo taslim bo‘lmaslikni oʻrganishi mumkinligini ta'kidlaydi. U, shuningdek, omadsizlikni yengib o'tish va kelgusida muvaffaqiyatga erishishni tajriba sifatida ko‘rish zarurligini anglatadi. "Har qanday omadsizlik va sinovlar zafar sari yetaklaydigan eng katta tajribadir", deydi u.
Bozorova Rayhona Xusniddinovna o‘zining faoliyati va yutuqlari bilan nafaqat o‘z shaxsiy rivojlanishiga, balki jamiyatga xizmat qiladi. U kelajakda ham nafaqat o‘z sohasida, balki chet el taʼlim tizimini Uzbekistonda ham joriy etish boʻyicha oʻz izlanishlarini olib bormoda. Rayhona o‘zining shiorida Alloh uchun boshlagan har bir ish hayrlidir deydi u