Jamshid kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va boshqa zamonaviy sohalarga oid bir qancha muhim sertifikatlarga ega. Jumladan, u Team Europe Initiative on Digital Connectivity in Central Asia, Human Rights Education for Legal Professionals Programme, HP FOUNDATION AI for Business Professionals hamda Trucking Logistics in USA yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ingliz tilini B2 darajasida bilishini tasdiqlovchi sertifikatga ega. U GOLDEN EDUCATION o‘quv markazida huquqshunoslik fanidan ustozlik faoliyatini olib borib, 50 ga yaqin o‘quvchiga ta’lim bergan hamda ularning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga kirishlariga samarali yordam ko‘rsatgan. Jamshid o‘z bilim va tajribasini boshqalar bilan baham ko‘rish, kasbiy mahoratini oshirish va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritish orqali muntazam rivojlanishga intiladi.