Kirish
Ergasheva Shoxista Umarjon qizi — Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi talabadir. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavr bosqichida tahsil olmoqda va filologiya hamda tillarni o‘qitish yo‘nalishida o‘z bilimlarini kengaytirish bilan shug‘ullanadi. Shoxista o‘zining kitobga bo‘lgan muhabbati va o‘quv jarayonida ko‘rsatgan faolligi bilan ajralib turadi, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratadi.
