Ozodbek boshqa yoshlar uchun motivatsion maslahat sifatida o'zining fikrlarini taqdim etadi: "Menimcha, yosh inson o'z oldiga faqat yaxshi kasb yoki yaxshi lavozimni emas, balki jamiyatga qanday foyda keltira olishni ham maqsad qilib qo'yishi kerak. Dunyo tez o'zgarayotgan bir paytda bir joyda qolib ketmasdan, doimiy ravishda bilim olish, zamonaviy texnologiyalarni o'rganish, xorijiy tillarni bilish va dunyodagi yangiliklardan xabardor bo'lish muhim. Men yoshlarni o'ziga "Men nimaga erisha olaman?" deb emas, "Men qanday katta o'zgarish qila olaman?" deb savol berishga chaqirgan bo'lardim." Uning fikricha, haqiqatda liderlik — yuqori lavozimlarga ega bo'lish emas, balki mas’uliyatni o'z zimmasiga olish, insonlarni bir maqsad atrofida birlashtirish va o'z bilim hamda imkoniyatlarini Vatan rivoji uchun sarflashdir. Har bir yosh o'ziga ishonsa, intilsa va imkoniyatlarni to'g'ri ishlata olsa, nafaqat o'z kelajagini, balki jamiyat kelajagini ham o'zgartira oladi.