Kirish
Hikmatilloyeva Aziza Jahongir qizi 2007-yil 5-mayda Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tug‘ilgan. Hozirda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida istiqomat qiladi.

Yosh lider
Reytingdagi o'rni
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Hikmatilloyeva Aziza Jahongir qizi 2007-yil 5-mayda Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tug‘ilgan. Hozirda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida istiqomat qiladi.
Aziza Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 37-maktabni 2025-yilda a’lo baholarga bitirib, oltin medal bilan tamomlagan. Maktab davrida ko‘plab fan olimpiadalarida ishtirok etib, muvaffaqiyatlarga erishgan, jumladan 2023-yilda matematika fanidan 2-o‘rinni egallagan. 2025-yilda Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga 189 ball to‘plab o‘qishga kirgan.
Hozirda 2-kurs prokurorlik faoliyati talabasi sifatida akademik yetakchilikni qo‘lga kiritdi. U 2025-yilda o'qish jarayonida Amerikaning elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Self-Defence Camp'da ishtirok etgan va 2024-2025-yillarda American Corner of Karshi dasturida volontyor sifatida faoliyat yuritgan. Aziza turli xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib, ko‘plab ilmiy maqolalar yozdi va ularni milliy va xalqaro dasturlarga topshirdi.
Uning ilmiy faoliyati juda keng ko'lamli. 2025-yilda chop etilgan maqolasi «Семейный развод в Узбекистане: статистика, причины и законодательные механизмы» deb ataladi. Shuningdek, AQShning Vashington shahridagi jurnalda chop etilgan maqolasi esa «Профилактика и предупреждение преступлений среди несовершеннолетних» degan nomni oldi. U 2026-yilda Xalqaro jinoyat sudi musobaqasida ishtirok etgan.
Azizaning hayotida eng katta ta'sir ko‘rsatgan inson onasi. Onasi unga doimo ilhom manbai boʻlib, uni har doim oldinga qadam tashlashga undab kelgan. "Qizim, doimo oldinga harakat qil, hech qachon to'xtama" deb ta'kidlashdan charchamaydi.
Bo‘sh vaqtida Aziza turk va ingliz tillarini o‘rganishga, musiqani tinglash va qo‘shiq aytishga, ilmiy maqolalar yozishga, shuningdek inson psixologiyasiga qiziqish bilan kitoblar o‘qishga vaqt ajratadi. Bu faoliyatlari orqali u har doim o'z-o'zini rivojlantirishga intiladi.
Aziza kelajakda o‘z sohasining mukammal egasi bo‘lishni, xalqiga va ona yurtiga xizmat qilishni maqsad qilib qo‘ygan. U turk tilini chuqur o‘rganish va ko‘plab xalqaro loyihalarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, o‘z ustida tinimsiz ishlab, shaxsiy rivojlanish bilan shug‘ullanishni, o‘zining eng yaxshi versiyasini yaratishni istaydi.
U hayotida o‘zgacha shiorlar yordamida harakat qiladi: "Be the artist of your life. Never hand someone else the paintbrush." Bu prinsip hayotida mustaqil fikrlash va muhim qarorlar qabul qilishda asosiy g‘oya bo‘lib xizmat qiladi.
Aziza bugun faoliyatini davom ettirayotgan yo‘lida, o'z maqsadlariga erishish uchun tinimsiz intilmoqda. Uning kelajakdagi rejalari va orzu-maqsadlari o'z sohasida yuqori natijalarga erishish, xalqiga xizmat qilish borasida xizmat ko'rsatishdan iborat. Aziza bu yo‘lda harakat qilishda davom etadi va ilgarilab borishni maqsad qiladi.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.