

2 daqiqa o‘qish
Islomiddinov Dilshod Zuxriddin o'g'li 2010-yil 10-iyulda Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanida tug‘ilgan va shu tumanda yashaydi. U Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M. S. Vosiqova akademik litseyining 1-kurs o‘quvchisi bo‘lib, ta’lim darajasi o‘rta maxsus deb ko‘rsatilgan. Kelajakda yuridik sohada faoliyat yuritishni rejalashtiradi.
Islomiddinov Dilshod Zuxriddin o'g'li 14 yoshida oʻqishga boʻlgan qiziqishi paydo boʻlgan u dastlab maktabda taqsil olgan va keyinchalik qoʻshimcha darslarga qatnashishni boshlagan. Dastlab Registon oʻquv markazida taqsil olib keyinchalik "Tashkent law" oʻquv markazida oʻqishni davom ettirgan u yerda u koʻplab ustozlar va koʻpgina doʻstlar bilan tanishgan. Dilshodning aytishicha u oʻqishga kirishiga uning Ota-onasi hamda ustozi katta hissa qoʻshganlar.
Dilshod birinchi boʻlib Registon oʻquv markazida "Yil oʻquvchisi" sertificatini qoʻlga kiritishi unga ilimga qiziqishiga katta turtki boʻlgan deb hisoblaydi.
Shu tariqa u 1 yil muddat ichida koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritadi. Bu muddat ichida u Xorijiy til (Ingiliz til)dan B1 sertificatini qoʻlga kiritgan, bu sertificat unga oʻrta maxsus oʻquv dargohiga kirishiga katta yordamchi boʻlgan. Uning aytishicha u Xorijiy til (Ingiliz tili)dan xech qanday tushunchaga ega boʻlmagan, bunga qaramasdan u intilishda davom ettirga va 1 oy muddat ichida ushbu sertificatni qoʻlga kiritgan. U hozirda boshqa majburiy fanlardan sertificatlarni qoʻlga kiritishga harakat qilayotganini taʼkidlab oʻtdi
Dilshod o'zining bo'sh vaqtini behuda sarflamasdan, rasmlar chizishga va turli xil cholg‘u asboblarini chalishni o'rganishga sarflaydi. U bu mashg‘ulotlardan zavq oladi va shuning uchun davrida ko‘plab san'at va madaniyatga oid tushunchalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Dilshodning eng ta’sirchan hikmatlaridan biri: “Bugungi kun — kechagi mehnatning mevasi va ertangi muvaffaqiyatning poydevoridir.” Bu fikr uning hayotida muhim o‘rin egallaydi va doimo o'z maqsadlariga erishishda yordam beradi.
Promo kodAriza →
Dilshodning fikricha, liderlik faqat boshqarish emas, balki jamoasi va yaqinlariga g'amxo'rlik qilishni anglatadi. U lider bo'lishning mas’uliyat va empatiya qobiliyati deb hisoblaydi, va u liderlikda faqat boshqa shaxslar ustidan boshqaruvchi emas, balki odamlarni tushunish va his qilish qobiliyatini ham muhim deb biladi.
Kelajakda Dilshod Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishni rejalashtirmoqda. Ota-onasi va u bilan g‘ururlanishlari uchun ham o'z yo‘lida to‘xtamay harakat qilmoqda. Shuningdek, Dilshod boshqa yetakchi sohalarda ham katta yutuqlarga erishishni maqsad qilgan. Bu rejalari unga o'zini rivojlantirish va muddatli maqsadlarga erishish uchun kuch bag'ishlaydi.
Dilshodning bugungi yo'lining o'ziga xosligi va maqsadlariga yetishish sari intilishlari kelajakda yuridik sohada muvaffaqiyatni ta'minlash uchun asos bo'ladi. Uning ta'lim olishi, qiziqishlari va hayotiy falsafalari kelajakda yutuqlarga erishishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqsadlar uni harakatlantiradi va biz kelajakda Dilshodni ilgari surilgan g‘oyalar bilan ko‘ramiz.