Kirish
Ismatova Dilrabo Husan qizi 2008-yil 22-iyulda Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 1-kurs talabasi. U xorijiy tillar, xalqaro loyihalar va milliy madaniyatni namoyon etishga qiziquvchan, faol yosh ijodkor sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Dilrabo kelajakda xalqaro maydonda o‘z ta'sirini kuchaytirish va O‘zbekistonni dunyo miqyosida tanitish maqsadida g‘oyalarni ilgari surishga intiladi.
