Kirish
Ismoilova Shahzoda Salimjon qizi, 2008-yil 8-noyabrda Namangan viloyatining Chust tumani, Varzik qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida istiqomat qilib, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-bosqich talabasi sifatida xalqaro munosabatlar sohasida ta’lim olmokda. Taraqqiy etayotgan yosh avlod vakili sifatida Shahzoda nafaqat ta’lim olishda, balki shaxsiy rivojlanish va o‘z qiziqishlari sohasida ham faoliyat yuritmoqda. U tarix fanidan olimpiadalarda qatnashish orqali bilimini oshirib, shaxmat va Zakovat o‘yinlarida o‘zini sinab ko‘rmoqda.
