Dilroz ko'p yutuqlarga ega. U biologiya fanidan 95,5 foiz, kimyo fanidan 86,34 foiz, o‘zbek tili va adabiyot fanidan esa 93,38 foizli milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o'tkazilgan "Ustoz AI elchilari", "Mutolaa elchilari" va "Founders Camp" oromgohlarida faol ishtirok etdi. "Yosh kitobxon" tanlovining shahar bosqichida 10–14 yosh toifasida 3-o‘rin hamda 15–19 yosh toifasida 1- va 2-o‘rinlarni egalladi. Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rik-tanlovida viloyat bosqichida ikkinchi o'rinni egalladi, va VIII International Biennale of Children's Pictures "Joys of Tashkent" ko‘rik-tanlovida ishtirok etdi.