Kirish
Karamatdinova Oqsungul Sadadin qizi 2007-yil 29-sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shomanay tumanida tug‘ilgan. Hozirda u Jurnalistika fakultetining 1-kurs talabasi sifatida o‘z ta'limini davom ettirmoqda va hali juda ko‘p orzulari bor.

Yosh lider
Umumiy reytingda
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Karamatdinova Oqsungul Sadadin qizi 2007-yil 29-sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shomanay tumanida tug‘ilgan. Hozirda u Jurnalistika fakultetining 1-kurs talabasi sifatida o‘z ta'limini davom ettirmoqda va hali juda ko‘p orzulari bor.
Karamatdinova Oqsungul Shomanay tumanida, an'anaviy va qishloqona muhitda tug‘ilgan. Bolaligida tabiatga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy fikr yuritishga bo‘lgan intilishi uni bir nechta hobbilarga yo‘naltirdi. U ajoyib tabiat manzaralarini tomosha qilishni, qarindoshlar bilan sayr qilishni yoqtirgan, bu esa keyinchalik uning ta'lim jarayonida tabiatga bo‘lgan muhabbatini oshirib, o‘zining ijodiy munosabatini rivojlantirishga yordam berdi.
Oqsungul 2022-yil o‘qishni boshlagani va 2023-yilda Toshkentga ko‘chib kelishi hamda Jurnalistika fakultetining 1-kurs talabasi bo‘lishi ko‘plab yangi imkoniyatlar va ma’naviy o‘sishga jarayon keltirdi. U o‘qishi davomida jurnalistika nazariyalari haqida chuqurroq ma'lumot olingan, bu esa uning kasbiy maqsadlarida vujudga kelgan yangi sahalarni kashf etdi. Ta'lim jarayonidagi muhim yutuqlaridan biri ingliz tili imtihonidan B1 darajali sertifikatga ega bo‘lishidir. Bu Oqsungul uchun nafaqat ta'limning balki xalqaro aloqalar va kommunikatsiya sohasidagi imkoniyatlarni ochishning birinchi qadamidir.
Oqsungul kelajakda o‘z kasbi bo‘yicha eng yaxshilaridan bo‘lishni va xalqaro maydonda o‘z fikrlarini ifoda etishni maqsad qilib qo‘ygan. U nafaqat o‘z bilimini oshirish baland maqsadiga intilmoqda, balki mintaqaviy va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish, hamda jurnalistika sohasidagi yutuqlari bilan boshqa yoshlarni ham ilhomlantirishni niyat qilmoqda.
Oqsungul bo'sh vaqtida tabiat qo‘ynida vaqt o‘tkazishni va tennis o‘ynashni yoqtiradi. U shunday deydi: "Eng yaxshi vaqt o'tkazishni tabiat qo‘ynida qidirmoqdamiz, bu menga yangi energiya va motivatsiya beradi." Yoshlar uchun motivatsiya va ilhom olishda atrofdagi tabiat va uning o'zgarishlarini kuzatish juda muhimdir.
Oqsungul o‘z liderlik qobiliyatlari haqida shunday deydi: "Lider bo'lish uchun tarbiya, adolatlilik va jamoani boshqarish qobiliyati muhim. Boshqalarni anglash va ular bilan ochiq muloqot qilishda kuchli kommunikasiyani rivojlantirish farq qilishi shart." U lider sifatida shaxsiy chegaralarni belgilash va zarur bo‘lganda muloqot qilishni muhim deb biladi.
Oqsungul yoshlar uchun bir nechta dastlabki maslahatlar taqdim etadi: "Avvalo, har bir inson o'zini mukammal bir maqomda his etishi uchun yaxshi niyatlar qilishi zarur. Ota-onamiz tanlovimizda bizni qo'llab-quvvatlashdi. Men harakatdan to‘xtamadim, ish va darslarimda bir vaqtda faol bo‘lib, natijalarga erishdim. Harakatdagi muvaffaqiyatlardan to‘xtamagan paytida natijaga erishasiz."
Karamatdinova Oqsungul Shunday bir tajribadan o‘tganki, u kelajakda nafaqat o‘z sohasida, balki ijtimoiy va ekologik masalalarda ham o'zini namoyon qilishni rejalashtirmoqda. Oqsungulning shaxsiy maqsadlari har doim ijodiy yondashuv va sadoqat orqali erishilishi mumkinligini ko'rsatadi.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.