
Promo kod
Meyliyev Ozodbek Ravshan O'g'li taklifi bilan ariza topshiring.
Shu kod bilan ariza →Meyliyev Ozodbek Ravshan o'g'li 2007-yil 26-yanvarda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U TDTU — Toshkent davlat transport universitetining bakalavriat bosqichi 3-bosqich talabasi bo‘lib, logistika yo‘nalishida tahsil oladi.
Ozodbek G‘uzor tumanidagi 68-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida, hozirgi 68-maktabda tahsil olgan. Maktab davrida o‘z bilim va ko‘nikmalari, shu bilan birga intellektual musobaqalarda qatnashib, o‘zini ko‘rsatishga harakat qilgan. 1–4-sinflarda tuman va viloyat olimpiadalarida birinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan.
U 2024-yilda logistika sohasiga bo‘lgan qiziqishi ortidan Toshkent davlat transport universitetida (TDTU) tahsil olishni boshladi. Shu davrdan boshlab, logistika yo‘nalishidagi bilimlarini kengaytirish, sohani chuqur o‘rganish va kasbiy salohiyatini oshirishga intilib kelmoqda. Universitetdagi ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlar, yangi usullar va ilg‘or biznes metodlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratadi.
U o'qish jarayonida IELTS imtihonidan 6.5 bal to'plagan. Universitetda bo‘lib o‘tgan xalqaro kasb va hunar musobaqasida 2-o‘rinni egallagan. Shuningdek, u zakovat, kitobxonlik va sport musobaqalarida ham yuqori o‘rinlarga sazovor bo‘lgan.
Ota-onasi uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxslar hisoblanadi. Ularning mehnati orqali Ozodbek ta’limning ahamiyatini chuqur anglab yetgan. Ota-onasining maqsadi - farzandlarining bilim egallashlari uchun katta e’tibor bilan harakat qilish jarayonida, ularga kelajagida yaxshi imkoniyatlar yaratishga yordam berish.
Uning hayotiy prinsipi — “Imkoniyat kutib o‘tirma, uni yarat.” Ozodbek kishi maqsadga erishish uchun o‘z ustida ishlash va harakat qilishdan qo‘rqmasligi kerak, deb hisoblaydi. Liderlik unga tashabbus ko‘rsatish, qiyin vaziyatlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va atrofdagilarni umumiy maqsad sari birlashtira olishdan iborat.
Bo‘sh vaqtida Ozodbek ingliz va rus tillaridagi bilimlarini muntazam rivojlantirib, xorijiy tillarda erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini oshirishga intiladi. Shuningdek, logistika, zamonaviy boshqaruv va tadbirkorlik yo‘nalishlarida bilimlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratadi. U shaxsiy rivojlanish, mustaqil fikrlash va intizomni muvaffaqiyatning muhim omillari deb biladi. Kelajakdagi maqsadlariga erishish yo‘lida yangi bilim va tajribalarni o‘zlashtirishga, o‘z ustida muntazam ishlashga intiladi.
Ozodbek yaqin bir necha yilda bakalavriat ta'limini muvaffaqiyatli yakunlab, xorijiy universitetlardan birida magistraturani grant asosida tamomlashni maqsad qilgan. O‘zbekistonga qaytib, xorijda o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini amal qilishga yo‘naltirmoqchi. U uzoq muddatda o‘z logistika kompaniyasini tashkil etish rejasi bor.
Meyliyev Ozodbek Ravshan o'g'li, yosh va faol talabalar orasida o'zini ko'rsatib hayotda maqsadlariga intilayotgan, ta'limga e’tibor beruvchi, liderlik fazilatlari bilan ajralib turadigan yigitdir. Uning kelajakka bo'lgan ishtiyoqi va ko‘zlagan maqsadlari O‘zbekistonga xizmat qilish yo'lida qadamba-qadam yurishiga imkon beradi.