Kirish
Mirjamolova Madina Mexritdin qizi 2002-yil 19-avgustda Toshkent shahrida tavallud topgan. U ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan, o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashadigan va ilmiy salohiyatini rivojlantirishga intilayotgan yosh mutaxassisdir.
Madina 2024-yilda Chirchiq davlat pedagogika universitetining “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini tamomladi. Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi sifatida “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga imtiyozli ravishda qabul qilinib, 2026-yilda o‘qishni muvaffaqiyatli yakunladi.
Hozirda u Parkent tumanidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlamoqda. Kelgusida doktoranturada tahsil olish, ilmiy izlanishlarini davom ettirish hamda ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan.
