
Yosh lider
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Muxtasibov Elshod Maratovich 2008-yil 19-iyul kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida tug‘ilgan. Hozirda u Toshkent viloyati Qibray tumani O‘ngo‘rg‘on mahallasida yashaydi va O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Komunikatsiyalar universitetining 1-bosqich talabasi sifatida jurnalistika sohasida tahsil olmoqda.
Elshod Muxtasibov o‘rta ta’limni 34-maktabda olishni boshladi. O‘qish davomida u faoliyatini va qiziqishini maximim darajada rivojlantirgan. Ta’lim jarayonida talabalik faolligi bilan o‘z o‘rtoqlariga o‘rnak bo‘ldi. Maktab davrida u nafaqat bilim, balki jamoaviy ish va ijodiy qobiliyatlarini ham shakllantirdi. Maktabni tamomlagach, O‘zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Komunikatsiyalar universitetiga o‘qishga kirdi va jurnalistika yo‘nalishida 1-bosqichda tahsil olmoqda. U o‘zi tanlagan yo‘nalishda muvaffaqiyatli o‘qish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Elshod 2024-yilda jurnalistika sohasidagi faoliyatini boshlandi. U dastlabki qadamlarini qat'iyat bilan tashladi va bu sohadagi tajribasini bosqichma-bosqich kengaytirishga qaror qildi. 2025-yildan boshlab, Elshod kontent tayyorlash va mobilografiya sohalarida faoliyat yurita boshladi. U o‘z ijodiy potentsialini namoyon etish uchun yangi loyihalar ustida ishlay boshladi va o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llashda davom etdi.
Elshodning ijodiy faoliyati natijasida o‘sha davrda juda ko‘plab yutuqlarga erishdi. Masalan, u «Turon maktab teatri» tanlovining viloyat g‘olibi bo‘ldi. Bu yutuq uni yanada rag'batlantirdi va jurnalistika sohasidagi muvaffaqiyatli faoliyatini davom ettirishga ilhom berdi. Shuningdek, Elshod o‘zi kabi ijodkorlar bilan tajriba almashish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdi.
Elshodga ijodkor bo‘lishiga sababchi bo‘lgan shaxs – uning ustozu, Maroqand ijodkorlar kengashi raisi Abbosbek Shodmonqulovdir. U ustozidan o‘rganib, ijodiy va ma'naviy jihatdan o‘sish imkoniyatlarini qo‘lga kiritdi. Uning ustozining maslahatlari, tajribasi va yordami, Elshodning muvaffaqiyatli yo‘lini ochdi. Bugungi kunda u RTVda amaliyotchi muxbir, tajribali mobilograf sifatida o‘z ishini olib bormoqda.
Elshodning hayotiy prinspisi: «Oliy maqsadlar oliy bo‘lsagina foydali». Bu shior uning har bir ishida va rejasida aks etadi. U bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, kontent tayyorlash, yangiliklar uchun ovoz yozish bilan shug‘ullanadi va o‘z ijodiy faoliyatini kengaytirishga urinishda davom etadi. Shuningdek, u ovoz bo‘yicha mahoratga ega va diktorlik qobiliyatiga ega.
Liderlik masalasida Elshod, lider uchun eng muhim fazilatlar keng fikrlash, kreativlik va jamoani to‘g‘ri yo‘lda yetaklashi zarur, deb hisoblaydi. Uning kelajakdagi maqsadi Prezident axborot bo'limi kotibi bo‘lishdir. U o‘z bilim va tajribalarini jamiyatga taqdim etishni, yosh avlodni tarbiyalashda ularga yordam ko‘rsatishni xohlaydi. Elshod o‘z orzulariga erishish uchun harakatlar davom ettirmoqda.
Hozirgi kunga kelib, Elshod Muxtasibov o‘z yo‘lini davom ettirmoqda va ta'lim sohasidagi mukammallikni maqsad qilib olgan. U kelajakda o'z mamlakatida axborot va kommunikatsiyalar sohasida jamiyatga xizmat qilishni niyat qilgan. Katta orzularni amalga oshirishda kreativ fikrlash, bilim va tajribani birlashtirib, Elshod o‘zini hozirda ham, kelajakda ham ishlata oladi.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.