Kirish
Normaxmatov Shoxjaxon Narzullo o‘g‘li 15-avgust 2005-yilda Samarqand viloyati, Urgut tumani, Jo‘roptipa MFY, Qiyonli qishlog‘ida tug‘ilgan. U Toshkent KIMYO xalqaro universitetining Samarqand filialida koreys tili filologiyasi yo‘nalishida tahsil oladi va O‘zbekiston yoshlar diplomatiya markazi a’zosi sifatida faoliyat olib boradi. Shoxjaxon o‘zining hayotiy prinsipini foydali bo‘lish va ko‘maklashish deb belgilaydi, bu esa uning muloqot qilish va liderlik sifatlarini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.
