U faoliyatini maktab davridan boshlab shakllantirib kelgan. Maktab yillaridan turli tadbirlar, tanlovlar, jamoaviy loyihalar va ijtimoiy faoliyatlarda ishtirok etishga harakat qilgan. Ushbu jarayon orqali o‘z fikrini erkin bildirish, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish va yangi tashabbuslarni ilgari surish ko‘nikmalarini rivojlantirgan. Universitetda ham fakultet hayotida faol qatnashib, turli tadbirlar, loyihalar va jamoaviy ishlarda hissa qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, bo'sh vaqtlarida kitob o'qish, ijodiy ishlar va bir qancha yangi g'oyalar ustida ishlash bilan shug'ullanadi. Bo'sh vaqtida yaqinlari bilan vaqt o‘tkazishni, musiqa tinglashni va sayr qilishni yaxshi ko'radi.