Kirish
Pardayeva Sarvinoz G‘ulomovna 1999-yil 27-oktabrda tug‘ilgan va Jizzax shahrida yashaydi. U professional faoliyatini 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida SAP HCM konsultanti sifatida boshladi hamda hozirgi vaqtda ushbu bankning Foydalanuvchilarni texnologik qo‘llab-quvvatlash bo‘limida dasturiy ta’minot bo‘yicha yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda. Sarvinoz, shuningdek, Bank-moliya akademiyasida MBA magistratura talabasi hisoblanadi va bir qator xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etgan.
