U boshqalarga maslahati: "Oldingizga shunday yuksak maqsad qo'yingki, unga erishish borasidagi qattiq mehnat sizni ilhomlantirsin. Hatto bo'sh vaqtimda AQShning Nyu-York shahridagi jonli ATC radio efirlarini tinglayman. Bu tafsilot menga real professional til muhitini, stress darajasini va ish mas'uliyatini hozirdan his qilish imkonini beradi. Boks ringida olgan zarbalardan keyin turib, yana davom etishni o'rganganman, shuning uchun hatto eng murakkab radioaloqalarni tushunish va 2027-yilgi matematika rejalarim sari intilish meni qo'rqitmaydi. Asosiy tavsiyam: Qiyinchiliklardan qo'rqmang, boksda zarba yegandek tuyulsa ham, qadamma-qadam orzularingiz sari harakat qiling. Natijaga erishib, ota-onangiz orzusini chinakamiga amalga oshirish eng katta motivatsiya ekanligini unutmang."