Kirish
Qambarova Gulsevar Nurali Qizi 2008-yil 26-may kuni Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Ariqboshi qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent amaliy fanlar universitetining 1-kurs talabasi bo'lib, intiluvchanligi va ijodkorligi bilan tanilgan.

Yosh lider
Umumiy reytingda
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Qambarova Gulsevar Nurali Qizi 2008-yil 26-may kuni Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Ariqboshi qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent amaliy fanlar universitetining 1-kurs talabasi bo'lib, intiluvchanligi va ijodkorligi bilan tanilgan.
Gulsevar 1-sinfdan 6-sinfgacha Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Beshkapa qishlog‘idagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. 7-sinfdan 11-sinfgacha esa Eshon qishlog‘idagi 57-maktabda o‘qidi. Ta’lim olish jarayonida aktiv ishtirok etib, bilim olishga qiziqish bildirgan.
Gulsevar faoliyatini 2026-yil sentyabr oyidan kitob mutolaa qilish va maqola yozish orqali boshlagan. U o‘zi qiziqqan sohalarda ijodiy ishlar qilmoqda va xalqaro forumlar qatnashishga harakat qilmoqda.
U ikki ta milliy sertifikatga ega: chet tili (ingliz tili) fanidan B2 darajadagi sertifikat hamda ona tili fanidan B darajadagi sertifikat. 2024-yilda ingliz tili fanidan tumanlararo musobaqada 3-o‘rinni egalladi, 2026-yilda informatika fanidan tumanlararo musobaqada 2-o‘rinni egallab, faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Gulsevar bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, dars tayyorlaydi, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanadi va tikuvchilik bilan qiziqadi. Uydagi pishirish ishlarini ham o‘z zimmasiga olgan.
U kelajakda bakalavrni tamomlab, magistratura va doktoranturada o‘qishni rejalashtiradi. Uning orzusi — o‘z brendi va biznesini ochish, dunyoni sayohat qilish va xalqiga foydali kadr bo‘lishdir.
Gulsevar o‘qimagan insonlarning hayotidan xulosa chiqarib, o‘qishga intilishni muhim deb biladi. U har doim harakat qilishga, qiyinchiliklarni yengishga va boshqalarning fikrlariga e’tibor bermaslikka chorlaydi.
Gulsevar bolalikdagi o‘rganish tajribalari va o‘zining qat'iyatliligi bilan qiyinchiliklarga qarshi kurashish niyatida. U kelajakda o‘zining bilimini va tajribasini xalqiga xizmat qilishda foydali qilib ishlatishni orzu qiladi. Uning hayotiy faoliyati va maqsadlari yoshlar uchun o'rnak bo'lishi mumkin.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.