

Promo kodAriza →
1 daqiqa o‘qish
Qo’ldosheva Sabrina Jamshidovna 2007-yil 5-yanvarda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tavallud topgan va hozirga qadar shu hududda istiqomat qiladi. Hozirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi talabasi. 2026-yildan pedagogik faoliyatini boshlagan bo‘lib, ayni vaqtda Kasbi tumanidagi 56-umumta’lim maktabi hamda 16-sonli «Jasorat» maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Qo’ldosheva Sabrina 2013-yilda 1-sonli umumta'lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan. Bu maktabda o‘qish jarayonida Sabrına o‘qituvchilardan ilhom langan va o‘qituvchi bo‘lish orzusi paydo bo‘lgan. 2017-yilda u tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga o‘qishga qabul qilindi va 2024-yilda yuqori natijalar bilan ushbu maktabni tamomladi.
2024-2025 o’quv yilida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishiga talabalikka qabul qilingan. Oliy ta’lim davomida a’lo baholarga o‘qib kelmoqda.
Qöldoşeva Sabrına 2026-yilda 56-umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot o‘qituvchisi sifatida ilk mehnat faoliyatini boshlagan. Keyinchalik, u Kasbi tumani 16-sonli “Jasorat” maktabida ham ishga qabul qilindi. Maktablardagi pedagogik faoliyati davomida o‘z bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirmoqda.
Uning kelajakdagi eng katta maqsadlaridan biri — nafaqat yetuk pedagog, balki keng dunyoqarashga ega, xalqaro miqyosda o‘z fikri va tashabbuslari bilan tanila oladigan mutaxassis bo‘lishdir. Shu bilan birga, nufuzli konferensiyalar, xalqaro forum va ta’limga oid yirik anjumanlarda ishtirok etish, tajriba almashish hamda yangi imkoniyatlarni kashf etishni maqsad qilgan. U uchun o‘qituvchilik — chegara emas, aksincha, katta marralar sari ochilgan yo‘ldir.
1 ta yozuv
2024 — 2029
Ta’lim
Sabrina Qo’ldosheva o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan, izlanishdan va yangiliklarga intilishdan to‘xtamaydigan yosh pedagoglardan biridir. Uning kelajakka bo‘lgan optimistik qarashlari, yuksak intilishlari va mehnatsevarligi nafaqat o‘z faoliyatida, balki atrofidagilarga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U o‘zining qat’iyati, tashabbuskorligi va fidoyiligi bilan kelajakda ko‘plab yutuqlarga erishishni maqsad qilgan.