Kirish
Sagiyeva Merey Duzelbay qizi 2008-yil 15-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi.

Yosh lider
Umumiy reytingda
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Sagiyeva Merey Duzelbay qizi 2008-yil 15-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi.
Hozirda Sagiyeva Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Menejment fakulteti 2-bosqich talabasi hisoblanadi. U menejment yo‘nalishida tahsil qiladi va bu sohani tanlashdagi sabablaridan biri odamlarni boshqarish, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishi. U menejmentni nafaqat nazariy bilimlar, balki hayotning har bir sohasida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikma deb biladi. U 2025-yildan boshlab universitetga kirib, o‘z kariyerasini boshlagan.
Merey universiteti davrida marketing, iqtisodiyot va boshqaruv asoslari bo‘yicha ko‘plab bilimlarga ega bo‘lmoqda. U muntazam ravishda jamoada ishlash, vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va mas’uliyatni his qilishni o‘rganmoqda. Ushbu o‘quv jarayonida Nutq klubida qatnashgani uning ingliz tilini takomillashtirishga katta yordam berdi, shuningdek jamoatchilik oldida ishonchli chiqishlar qilishni o‘rgandi. Bu unga ochiq va samarali muloqot qilishga yordam berdi. U universitetda tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, tashkilotchilik tajribasini orttirmoqda.
Universitetda o‘qish davomida Marey qator muhim yutuqlarga erishdi. U 2025-yilda “Turkiya Burslari” stipendiyasini qo‘lga kiritdi, shuningdek “Olim Fondi” stipendiyanti sifatida tanlandi. Bundan tashqari, Amerikaning “Roosevelt Universiteti” tomonidan taqdim etilgan $12,000 qiymatidagi Merit Scholarship mukofotini ham qo‘lga kiritdi. Marey, shuningdek, Top100Uni Camp 2024 va “Silk Savants Leadership Summit 2024” tadbirlarida ishtirok etgan.
Merey uchun liderlik fazilatlari orasida mas’uliyat va har bir ishda sifatga intilish eng muhim fazilatlar hisoblanadi. U haqiqiy lider nafaqat o‘z harakatlari, balki butun jamoasining natijalari uchun ham mas’uliyatni his qilishi kerak degan fikrni ilgari suradi. Uning hayotiy shiori esa: “Bugungi harakat — ertangi muvaffaqiyat poydevoridir.” Bu falsafa unga doimiy ravishda rivojlanish va o‘zidan ko‘proq yaxshilik qilishga ilhomlantiradi.
Merey bo‘sh vaqtida kitob o‘qish va shaxmat o‘ynash bilan shug‘ullanadi. U turli tillarda bemalol muloqot qila olsa-da, kelajakda o‘z sohasining professional menejeri bo‘lishni istaydi. U jamoani to‘g‘ri boshqarish va kompaniya rivojiga hissa qo‘shishni o‘z maqsadi sifatida ko‘radi. U har qanday vaziyatdan kelib chiqib, harakatdan to‘xtamaslikni o‘zi uchun prinsip qilib olgan.
Merey Sagiyeva o‘z kelajagida o‘z sohasining yetti menejeri bo‘lishni maqsad qilgan. Tanlagan yo‘li bo‘yicha doimiy ravishda ta'lim olish va yirik loyihalarda tajriba orttirishga tayyor. U mas’uliyatli va qat’iyatli lider bo‘lib, boshqalar uchun ilhom manbai bo‘lishni orzu qiladi.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.