Sevinch o'z faoliyatini 2023-yildan boshladi. U “1gradus”, “Mutolaachi kitobxon”, “Kitobxon millatimiz”, “Kitobxon yoshlar ligasi” kabi turli loyihalarda faol ishtirok etdi. Sevinch O'zbekiston Respublikasi Matbuot va bosma nashrlari, Yulduz san’ati, madaniyati va ijodiy vakillari jamoa fondi hamkorligida o'tkazilgan "Dil sadolari" ko‘rik-tanlovida 2-o'rinning sohibi bo'ldi. Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan "Talabalar ilmiy tadqiqot ishlari" bo‘yicha tanlovda 2-o‘ringa, "Fundamental fanlar" onlayn olimpiadasida g‘olib bo‘ldi.