Kirish
Shamsidinova Gulpari Jamshid qizi 2003-yil 10-sentabrda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan. U hozirda Buxoro shahrida yashaydi va pedagogika sohasida hali yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘zining iqtidorini ko‘rsatib bormoqda. O‘zbekistonning Buxoro Davlat Pedagogika institutida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bakalavr yo‘nalishini muvaffaqiyatli yakunlaganidan so‘ng, hozirda Buxoro Innovatsiyalar Universitetida pedagogika yo‘nalishi magistraturasining 2-bosqichida tahsil olmoqda.
