Kirish
Sherboyeva Rushana Tulqin Qizi 2008-yil 22-aprelda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tug‘ilgan. U hozirda O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida filologiya va ingliz tilini o‘qitish yo‘nalishida tahsil olmoqda. Maktabda o‘qiyotgan paytlarida tilga bo‘lgan qiziqishi uni xalqaro muhitga olib kelishga yo‘l ochdi. Rus va ingliz tillariga qiziqishi ortidan, o‘z faoliyatini chet tillarni o‘qitishda davom ettirishga qaror qildi. Uning kelajakdagi maqsadi o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishdir.
