Kirish
Shoymuradov Temurbek Sherzod o‘g‘li 22-yanvar 2005-yilda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Tinchlik MFY, Savsan qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida sotsiologiya yo‘nalishi talabasi. Yosh tadqiqotchi sifatida ilmi va ijodi bilan yoshlar orasida faoliyat olib borayotgan Temurbek, nafaqat o‘qishda muvaffaqiyat qozongan, balki sport va adabiyotda ham o‘z o‘rnini topishga intilmoqda.
