Kirish
Sodiqov Xurshid Sa'dullo O'g'li 2002-yil 27-iyunda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug'ilgan. U Samarqand davlat chet tillari institutining bakalavr bosqichini tamomlagan va 2023-yildan boshlab ingliz tili o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. O'qituvchilik faoliyatida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritgan, shu jumladan, C1 darajadagi sertifikat va TKT sertifikatiga ega. Xurshid o'z kasbiga bo'lgan mas'uliyat hissi va o'z ustida ishlashga katta e'tibor beradi.
